Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin...

Samsung unda o‘zining emas, balki MediaTek protsessorini qo‘llabdi. AnTuTu testlari natijalariga ko‘ra, bu chipset Galaxy A51 smartfonida qo‘llangan Exynos 9611 protsessoridan bir yarim baravarga tezkor!

Drop-test «jonli» videosi: Galaxy S20 Ultra’ni ayovsiz sinab ko‘rishdi!

Samsung yangi flagmanlarining narxlari ham ularning tezkorligi va boshqa innovatsion jihatlariga yarasha ancha yuqori. Galaxy S20 Ultra modelini qo‘lingizdan tushirib yuborsangiz, o‘zingizni kechira olmaysiz...

Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Ikkala model ham Snapdragon 720G chipseti bazasida ishlaydi. Ammo benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Realme 6 Pro tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lsa, Redmi Note 9 Pro modeli 6 gigabaytlik «operativka»ga ega.

TOP-10: Bu gal endi eng kuchli smartfonlar boshqa! (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Ertalab biz Master Lu benchmarkiga ko‘ra fevral oyining eng qudratli o‘n to‘rtta smartfoni reytingini e’lon qilgan edik. Biroq endi AnTuTu taqdim etgan reyting undan jiddiy farq qiladi.

Tezkorlik reytingida Galaxy S20 uchligi barcha raqiblarining «abjag‘ini chiqardi»! (Master Lu, 2020 yil fevral)

Xiaomi «yangi avlod samaradorlik qiroli» deya maqtagan Mi 10 Pro zo‘rg‘a beshinchi o‘ringa ilinib qolgan, hattoki undan arzon raqibi – Realme X50 Pro 5G ham bir pog‘ona baland – to‘rtinchi o‘rinda!

AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

Tezkor xotirasining hajmiga ko‘ra rekordchi bo‘layotgan Black Shark 3 hali ertaga – 3 mart kuni rasman namoyish etiladi. Biroq u allaqachon samaradorlik bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan chiqarib ulgurdi...

«JONLI» TEST VIDEOSI: iPhone 11 Pro Max kuchlimi, yoki uning yarim narxidagi Xiaomi Mi 10 Pro?

Antutu’da 585 232 ballik rekord natija ko‘rsatgan xitoycha flagmanning samaradorligi amalda qanaqa o‘zi? Shuni bilish maqsadida uni real sharoitlarda naq iPhone 11 Pro Max bilan taqqoslab sinab ko‘rsatishdi.

Samsung'chilar bormi? (2020-yil 9-son)

Koreys texnogiganti borasidagi bilimlaringizni sinovdan o‘tkazishga tayyormisiz?

Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

G‘olibning akkumulyatori unchalik sig‘imdor emas – 4100 mA/soatlik, biroq shunga yarasha ekrani kichikroq va «ochofat» 5G-modemi yo‘q.

«Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» AnTuTu’da salkam 621 000 ball oldi!

Realme X50 Pro 5G flagmani AnTuTu’da 603 871 ball bilan rekord o‘rnatganini kompaniya e’lon qilib ulgurgan. Biroq rekord hajmli «operativka»ga ega geymerofon allaqachon yetakchilikni undan tortib oldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш