Tezkorlik reytingida Galaxy S20 uchligi barcha raqiblarining «abjag‘ini chiqardi»! (Master Lu, 2020 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  2055
  •  03.03.2020 10:58

Tezkorlik reytingida Galaxy S20 uchligi barcha raqiblarining «abjag‘ini chiqardi»! (Master Lu, 2020 yil fevral)

Smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha AnTuTu, Master Lu va Geekbench singari benchmark servislari e’lon qilgan turli reytinglarni berib kelmoqdamiz. Bugun shulardan ikkinchisi taqdim etgan navbatdagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.

O‘QING: «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» AnTuTu’da salkam 621 000 ball oldi!

Master Lu benchmarki ushbu servisda 2020 yilning fevralida tekshirib ko‘rilgan eng kuchli smartfonlar reytingini chiqardi. Unga ko‘ra, Samsung yaqinda namoyish qilgan Galaxy S20 Ultra, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 flagmanlari tegishlicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni zabt etgan! Buni qarangki, Xiaomi «yangi avlod samaradorlik qiroli» deya maqtagan Mi 10 Pro zo‘rg‘a beshinchi o‘ringa ilinib qolgan, hattoki undan arzon raqibi – Realme X50 Pro 5G ham bir pog‘ona baland – to‘rtinchi o‘rinda!

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Vivo iQOO 3 5G, ZTE Axon 10s Pro, Xiaomi Mi 10, Samsung Galaxy Z Flip, Huawei Mate Xs, Sony Xperia 1 II, Sony Xperia 10 II hamda Sharp Aquos R5G egallagan.

Aytish kerakki, Master Lu benchmarki o‘zining xilma-xil reytinglari bilan e’tibor qozonib kelayotir. Uning ma’lumotlari asosida antennasi eng kuchli smartfonlar, eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar, «sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari hamda eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar, 2019 yilda eng ko‘p soxtalashtirishgan smartfonlar, 2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari hamda eng tezkor sakkizta yangi smartfon reytinglarini taqdim etganmiz.

O‘QING: AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!