16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Xiaomi kompaniyasi MIUI 12 grafik qobig‘i asosida yangi proshivkalarning beta-versiyalari endi taqdim etilmaydigan smartfon modellari ro‘yxatini e’lon qildi.

Shu oydayoq EMUI 10.1’gacha yangilanuvchi global Huawei va Honor smartfon hamda planshetlarining rasmiy ro‘yxati

Bu yerda gap kompaniyaning xitoycha emas, balki aynan global versiyadagi smartfonlariga keladigan yangilanishlar haqida ketyapti. Honor brendiga mansub modellarda bu Magic UI 3.1 grafik qobiq talqini bo‘ladi.

Meet videokonferensiyalar servisini Google endi mobil Gmail ilovasiga ham qo‘shdi

Videokonferensiya boshlash uchun unda New meeting tugmachasini bosish kerak. Keyin esa chat havolasi yaratiladi va uni kodi bilan birga ishtirokchilarga pochta orqali jo‘natish, yoki Google Calendarga qo‘shish mumkin.

Jahon rekordchisi ilk sifatli «jonli» rasmda: Qualcomm atay shu geymerofon uchun eksklyuziv protsessor tayyorlab bergan!

AnTuTu servisida jahon rekordini yangilagaan smartfon orqa panelidagi logotip ichkaridan yoritiluvchi ekanini, yana «Republic of Gamers» o‘rniga bu gal «Tencent Games» yozuvi tushirilganini ko‘ramiz.

Assassin’s Creed Origins uch kunga bepul bo‘ldi: Kleopatra bilan yonma-yon jangga tayyormisiz? (+video)

Assassin’s Creed Origins voqealari Qadimgi Misrda bo‘lib o‘tadi – bosh qahramon unda Kleopatraga fuqarolar urushida yordam beradi. Ptolemeya XIII’ga qarshi jangda u ilk assasinlar jamoasini tuzishga intiladi.

Internet-to‘plamlarni 30 iyungacha ikki baravar arzonga oling!

30 iyun sanasigacha 16 500 so‘m evaziga 2000 MB va 22 500 so‘m evaziga 3000 MB hajmli internet-to‘plam olish imkoni mavjud. To‘plamlar soni cheklanmagan, ular faqat jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.

Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

Uchaala smartfondagi barqaror MIUI 12 grafik qobig‘ining asosida hali Android 10 operatsion tizim talqini yotadi. Eng yangi – Android 11 tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i esa kuzdagina chiqa boshlaydi.

Pavel Durov o‘z nomidan targ‘ib qilinayotgan firibgarliklar sababli Facebook’ni sudga bermoqchi!

«Bir yildan ortiq vaqtdan beri Facebook va Instagram kompaniyalari mening nomimdan targ‘ib qilinayotgan firibgar sxemalarining reklamasidan pul topmoqdalar», deydi Telegram asoschisi.

PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

O‘ntasi PlayStation 5 uchun eksklyuziv o‘yinlar bo‘lib, boshqa pristavkalarga va kompyuterlarga umuman chiqmaydi. Ikkitasi vaqtinchalik eksklyuziv hisoblanadi, qolganlari esa boshqa platformalarga ham chiqadi.

Samsung burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: bu arzon smartfonni kutmay qo‘yaveramiz!

Janubiy koreyalik gigant Galaxy M turkumidagi navbatdagi smartfonida o‘zining emas, balki CSOT kompaniyasining ekranlarini qo‘llamoqchi edi. Biroq mazkur OLED-penellar sifati Samsung muhandislariga yoqmadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш