15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

  •   DiMaX
  •  1778
  •  19.01.2021 09:44

15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

Samsung kompaniyasi yaqindagina Galaxy S21 hamda S21 Plus smartfonlarini namoyish qilgan, shuningdek, turkumning ilk stilusli vakili – Galaxy S21 Ultra flagmanini ham taqdim etgan. Hozircha faqat shu uchta model Android 11 operatsion tizimi bazasidagi eng yangi – Samsung OneUI 3.1 interfeysiga ega.

O‘QING: Galaxy Unpacked’ning barcha roliklari bitta joyda: Galaxy S21, Galaxy Buds Pro hamda Galaxy SmartTag bilan to‘liq tanishamiz!

Kompaniya ushbu yangi grafik qobiq asosidagi proshivkani endi boshqa smartfonlariga ham tarqatadi. Internetda allaqachon bu proshivkaga yangilanuvchi modellarning ro‘yxati ham paydo bo‘ldi:

  1. Galaxy Note 20
  2. Galaxy Note 20 Ultra
  3. Galaxy Z Fold 2
  4. Galaxy Z Flip
  5. Galaxy S20 FE
  6. Galaxy S20
  7. Galaxy S20+
  8. Galaxy S20 Ultra
  9. Galaxy Fold
  10. Galaxy Note 10
  11. Galaxy Note 10
  12. Galaxy S10+
  13. Galaxy S10
  14. Galaxy S10e
  15. Galaxy Note 10 Lite

Ko‘rib turganingizdek, ro‘yxatga kirgan o‘n beshta smartfonning bari kompaniyaning hozirgi yoki bulturgi flagmanlaridir.

Mazkur gadjetlarga OneUI 3.1 proshivkasi qchon chiqishi hozircha aytilmayapti, ammo ularning ham barchasi bundan oldingi – OneUI 3.0 grafik qobig‘iga yangilanib ulgurmagan. Masalan, Galaxy Fold, Galaxy S10, Galaxy S10+, Galaxy S10e, Galaxy Z Flip, Galaxy Z Fold 2 5G hamda Galaxy Z Flip 5G devayslari uchun OneUI 3.0 proshivkasi fevralda tarqatiladi.

O‘QING: Samsung ko‘rinmas kamerali Galaxy Note 21 Ultra’ni videoda ko‘rsatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!