2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)

  •   DiMaX
  •  2482
  •  03.02.2021 16:49

2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)

Biz bugun 2021 yilning birinchi oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng qudratli o‘nta smartfon reytingini chiqargan edik. Ushbu servis jamoasi xitoyliklar tomonidan yanvarda tekshirib ko‘rilgan o‘rta narxli smartfonlarning ham eng kuchlilarini e’lon qildi.

O‘QING: 2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

Flagmanlarning yanvardagi reytingi taxtidan Xiaomi’ning flagmanini tushirishgan bo‘lsa, hamyonboplar ro‘yxatida uning Redmi brendi vakili liderlikni saqlab qolgan. Ya’ni, 2020 yilning noyabr oyidagi reytingda AnTuTu taxtiga chiqib olgan Redmi 10X flagmani dekabrdagi reytingda o‘z o‘rnini hech kimga bermagan bo‘lsa, bu gal ham bo‘sh kelmadi. Dimensity 820 protsessorli ushbu qurilma bu gal yanada yuqori – 401 389 ballik natija bilan o‘z narxi toifasida rekord o‘rnatdi.

Ikkinchi o‘rinni ham shu kompaniyaning yana bir vakili – Redmi 10X Pro 5G esa 398 246 ball bilan ikkinchi o‘rinda. 2020 yilning may oyida taqdim etilgan ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinni qo‘ldan bermay kelishmoqda va ular uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordga da’vogar bo‘lib turishibdi.

O‘QING: AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Hamyonbop smartfonlarning 2021 yil yanvardagi reytingidan yana quyidagi modellar o‘rin olgan:

  1. Huawei Nova 7
  2. Huawei Nova 7 Pro
  3. Honor 30
  4. Honor X10
  5. Huawei Nova 7 SE
  6. Oppo Reno 5 5G
  7. Redmi Note 9 Pro 5G
  8. Realme Q2 Pro 5G

Umumiy hisobda kuchli o‘ntalikka Redmi va Huawei’ning uchtadan, Honor’ning ikkita, Oppo va Realme’ning esa bittadan smartfonlari kirgan.

Aytish kerakki, yuqoridagi reytingni tuzish uchun AnTuTu benchmarkida 1 dan 31 yanvargacha kamida 1000 marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning o‘rtacha natijalari olingan.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon