Bayram arafasida Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari egalariga xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  3479
  •  18.12.2020 17:40

Bayram arafasida Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Oldinroq biz hali taqdim etilmagan MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan dastlabki skrinshotlarni, shuningdek, birinchi videolavhani va unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qilganmiz. Lekin Xiaomi undan ham oldin oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini chiqaradi; undagi ayrim o‘zgarishlar ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Shuningdek...

O‘QNG: 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Mana shu «oraliq» versiyadagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ining taqdimot vaqti haqida Xiaomi dasturiy ta’minot bo‘limi rabari Jin Fan (Jin Fan) ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yangi proshvkaning relizi shu dekabr oyining o‘zidayoq bo‘lib o‘tishi kerak.

MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiqqa asoslangan proshivkagacha yangilanuvchi smartfonlarning norasmiy ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Ularning ayrimlariga ushbu apdeyt Android 11 operatsion tizimi bilan birga keladi, ba’zilarining proshivkasi «o‘zagi» esa oldingi versiyadagi Android’da qoladi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!