Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  1130
  •  11.05.2021 10:36

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

Biz kuni kecha AnTuTu benchmarkiga ko‘ra eng baquvvat flagmanlarning o‘ntaligini e’lon qilgan edik. Mazkur servis jamoasi o‘rta narx doirasidagi Android-smartfonlarning ham reytingini taqdim etgan.

O‘QING: Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

Bulardan tashqari, AnTuTu benchmarki jamoasi beshta narx toifasida Android-smartfonlarning aprel oyiga ko‘ra samaradorlik reytinglarini ham taqdim etgan. Unda qurilmalar Xitoydagi, shu mamlakat valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va shu kategoriyalarning har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz ularning narxlarini AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan oyda eng arzon – 1999 yuan (311 dollar)gacha bo‘lgan smartfonlar orasida eng kuchlisi – tezkor/ichki xotirasi 6/128 Gblik Realme GT Neo modeli bo‘lib chiqqan. Aytish kerakki, mart oyi reytingida ushbu narx toifasida Redmi K40 yetakchi edi.

O‘QING: Taqdimotidan avval Redmi Note 10S «kushandasi»ni anboksing videosida to‘liq ko‘ramiz!

Narxi 2000–2999 yuan (312–467 dollar) bo‘lgan smartfonlarning eng zo‘rlari ro‘yxati esa quyidagicha:

Bu toifada 8/128 gigabaytlik Redmi K30S Extreme Commemorative Edition flagmani liderlikni saqlab qolgan.

O‘QING: Redmi K30’larning navbatdagi yutug‘i sharafiga narxi 200 dollardan pasaytirildi

Uchinchi ro‘yxatga 3000–3999 yuanlik (468–623 dollarlik) smartfonlar kiritilgan bo‘lib, ular orasida eng zo‘ri – 8/128 gigabaytlik iQOO 7 geymerofoni ekan.

Aytish kerakki, mart oyida mazkur narx kategoriyasida Xiaomi Mi 10S yetakchi edi.

O‘QING: iQOO 7 ham chiqdi: Snapdragon 888 chipli ikkinchi flagman Xiaomi Mi 11’dan zo‘r, lekin undan arzon!

To‘rtinchi reyting esa narxi 4000–4999 yuan (624–779 dollar) orasida bo‘lgan smartfonlardan tuzilgan:

Bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni Lenovo Legion 2 Pro o‘yinbop flagmanining 12/128 GBlik varianti zabt etgan.

O‘QING: Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Va nihoyat, eng qimmat – narxi 5000 yuandan (780 dollardan) yuqori bo‘lgan smartfonlar reytingiga nazar solamiz. Dunyodagi barcha Android-smartfonlar orasida eng kuchlisi – 12/256 gigabaytlik Oppo Find X3 Pro kamerofoni ekan.

2021 yilning mart oyida turli narx toifalariga ko‘ra AnTuTu reytinglaridan to‘rttasida Xiaomi hamda uning Redmi va Black Shark brendlariga mansub smartfonlar yetakchi edi, aprelga kelib vaziyat o‘zgargan.

O‘QING: Oppo Find X3 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!