Eng kuchli kompyuter xaridida endi 1000 dollardan 4000 dollargacha tejash mumkin!

  •   DiMaX
  •  5430
  •  12.04.2020 22:21

Eng kuchli kompyuter xaridida endi 1000 dollardan 4000 dollargacha tejash mumkin!

2019 yilning 3 iyunida Apple yangi avlod Mac Pro statsionar kompyuterini taqdim etgan edi. Tashqi ko‘rinishi sababli ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab masxaralarga sababchi bo‘lgan ushbu qurilma dekabrda naq bitta uy narxida savdoga qo‘yilgan. Lekin bu hali hammasi emas...

O‘QING: Narxi uy bilan barobar kompyuter yangicha korpusda, yanada qimmatlashib chiqdi!

Apple o‘zining qayta tiklangan qurilmalarini nisbatan arzon narxda sotishi bilan ham ma’lum. U endi Mac Pro 2019 (yoki Mac Pro 7.1) kompyuterlarini ham shunday – chegirma bilan savdoga qo‘ydi.

Dastlabki narxi qimmat bo‘lgani bois, ularga qo‘yilgan chegirmalar ham katta. Masalan, hatto eng oddiy modifikatsiyadagi kompyuter ham salkam ming dollar arzon: uning yangisi 6300 dollar tursa, qayta tiklanganini 5350 dollarga olish mumkin.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Eng yuqori modifikatsiyadagi Mac Pro 2019 modelining qayta tiklangani uchun esa naq 4000 dollarlik chegirma belgilangan – u endi 22 440 dollardan turibdi. Bu – naq 16 yadroli protsessor, Radeon Pro Vega II Duo rusumli bir juft videokarta hamda 8 terabayt doimiy xotiraga ega bo‘lgan qudratli kompyuterdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi xabarlarimizda kattaligi mushtday ham chiqmaydigan kompyuter, dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Hattoki tashrif qog‘oziga vizitkaga joylangan kompyuter ham chiqqan va juda arzon – 2,88 dollarga baholangan! Shuningdek, Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oluvchi 188 dollarlik mini-kompyuter ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!