Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu V9 reytingi, 2021 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  715
  •  07.05.2021 08:59

Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu V9 reytingi, 2021 yil aprel)

O‘tgan oy boshida biz martdagi testlar natijalariga ko‘ra AnTuTu benchmarkining bir nechta reytinglarini e’lon qildik. Bular: Xitoy bozoridagi eng kuchli Android-flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar, jahon miqyosidagi eng zo‘r flagmanlar va eng kuchli hamyonbop smartfonlar, shuningdek, o‘z egalarini rozi qilgan smartfonlar kabilardir. Bu ro‘yxatlardan tashqari...

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

AnTuTu benchmarki bir oycha avval o‘zining test ilovasini yangilab, 9-versiyada chiqargan edi. Aprel reytingi aynan mana shu – AnTuTu V9 talqinida test qilingan smartfonlar natijalariga asoslangan.

Aprel oyida eng kuchli flagmanlar reytingini Qualcomm Snapdragon 888 protsessorli modellar butkul band etgan:

Mart oyidagi reytingda Xiaomi korporatsiyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan brendi yaqindagina taqdim etgan flagman – Black Shark 4 Pro modeli eng zo‘ri bo‘lib chiqqan edi. Aprel davomida AnTuTu V9 ilovasidagi tekshiruvlar natijasiga ko‘ra u 860 467 ball bilan yana birinchi bo‘lib turibdi.

O‘QING: 2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘ntalikka yana quyidagi smartfonlar kirgan:

  1. OPPO Find X3 Pro – 831 801 ball
  2. Nubia Red Magic 6 Pro – 828 649 ball
  3. OnePlus 9 Pro – 826 004 ball
  4. Lenovo Legion 2 Pro – 821 571 ball
  5. Vivo X60 Pro+ – 815 884 ball
  6. iQOO 7 – 815 589 ball
  7. OnePlus 9 – 809 703 ball
  8. Xiaomi Mi 11 Ultra – 808 131 ball
  9. Xiaomi Mi 11 – 801 900 ball

Ushbu reytingni shakllantirishda 1 apreldan 30 aprelgacha Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning o‘rtacha (eng yuqori emas) ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

O‘QING: Android olamida yangi rekordchi: benchmarkda salkam million ball!