Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’ni uloqtirib, bukib va suvga cho‘ktirib ko‘rsatishdi – ular qanchalik mustahkam? (video)

  •   DiMaX
  •  1877
  •  10.03.2020 09:59

Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’ni uloqtirib, bukib va suvga cho‘ktirib ko‘rsatishdi – ular qanchalik mustahkam? (video)

 Samsung kompaniyasining Galaxy S20 Ultra, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 flagmanlari Master Lu benchmarkining samaradorlik reytingida tegishlicha dastlabki uchta o‘rinni egallagan. Ulardan eng zo‘rining drop-test videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: BOShLANDI: Galaxy S20’larning eng maqtalgan jihatida muammolar chiqyapti!

Xo‘sh, ushbu qimmat smartfonlarning mustahkamlik darajasi qanaqa ekan o‘zi? SquareTrade kanali shunga aniqlik kiritish maqsadida har uchala modelni bir xil sharoitlarda sinab, natijalari bilan birga videoda e’lon qildi.

Tajribalar davomida Samsung Galaxy S20, S20+ hamda S20 Ultra modellarini 1,8 metrlik balandlikdan tashlab ko‘rishgan, 1,5 metrlik chuqurlikda yarim soat suvga bo‘ktirib qo‘yishgan va maxsus press yordamida bukib tekshirishgan.

Mana, quyida o‘sha videolavhani tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, uchala smartfonning ko‘rsatkichlari o‘zaro o‘xshash bo‘lib, masalan, tashlab yuborilganida anchagina shikastlangan. Bukish testida Galaxy S20 Ultra eng yuqori natija ko‘rsatgan – 90,7 kg.gacha chidab bergan; standart Galaxy S20 ko‘rsatkichi esa eng past (83,5 kg).

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Umumiy hisobda shikastlanish darajasiga ko‘ra Galaxy S20 modeli 81 ball, Galaxy S20+ esa 71 ball olgan bo‘lsa, Galaxy S20 Ultra flagmaniga 70 ball qo‘yilgan. Mazkur baholash usulida ball qancha baland bo‘lsa, smartfonning u yoki bu sharoitlarda shikastlanish ehtimoli shuncha yuqori hisoblanadi.

Shu paytgacha Samsung’ning yangi flagmanlar oilasidan aynan eng ilg‘ori, ya’ni Galaxy S20 Ultra modelini ko‘proq sinab ko‘rishmoqda. Jumladan, iFixit bu smartfonni ochib, ta’mirga yaroqliligini tekshirgan, mashhur vloger JerryRigEverything ham uni chidamlilik sinovidan o‘tkazgan.

Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yenggan, lekin g‘olib baribir bulturgi flagman bo‘lib chiqqan! Display Mate sinovida Samsung Galaxy S20 Ultra yangi rekord o‘rnatgan; shuningdek, mazkur modelga hali sotuvga chiqmasidanoq yangilanish kelgan – undagi o‘zgarishlar ro‘yxatini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!