HarmonyOS 2.0 yakuniy proshivkasi allaqachon 16 smartfon va 2 planshetga tarqatildi
Huawei kompaniyasi 2 iyun kuni HarmonyOS 2.0 operatsion tizimini rasman namoyish qilgan. Shuningdek, ushbu tadbirda u qadog‘idanoq mazkur proshivka bilan ishlovchi ilk plansheti – Huawei MatePad Pro modelini ham taqdim etgan.
O‘QING: HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!
Korporatsiya kecha – 23 iyun kuni bayonot berishicha, o‘zining 16 rusumdagi smartfoniga va ikki xil modeldagi planshetiga yakuniy talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini chiqarib ulgurgan. Ularning ro‘yxati quyidagicha:
- Huawei Mate 40 Pro;
- Huawei Mate 40 Pro;
- Huawei Mate 40 RS Porsche Design;
- Huawei Mate 40;
- Huawei Mate 40E;
- Huawei Mate X2;
- Huawei P40;
- Huawei P40 4G;
- Huawei P40 Pro;
- Huawei P40 Pro+;
- Huawei Mate 30 Pro;
- Huawei Mate 30 Pro 5G;
- Huawei Mate 30E Pro 5G;
- Huawei Mate 30 RS Porsche Design;
- Huawei Mate 30;
- Huawei Mate 30 5G;
- Huawei MatePad Pro;
- Huawei MatePad Pro 5G.
Ushbu rusumlardagi qurilmalarning Xitoydagi egalari allaqachon yangi proshivkani o‘rnatib olishlari mumkin. Apdeytning boshqa mamlakatlardagi gadjetlarga tarqatilishi hali keyinroq boshlanadi.
O‘QING: HarmonyOS 2.0 hamda iOS 15 ishlash ravonligini «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!