O‘zbekistonda sotiladigan Xiaomi Mi 9T Pro ham Geekbench’da imtihon topshirib ko‘rdi!

  •   DiMaX
  •  2931
  •  08.06.2019 11:39

O‘zbekistonda sotiladigan Xiaomi Mi 9T Pro ham Geekbench’da imtihon topshirib ko‘rdi!

Hamyonbop Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari taqdim etilgach, global bozorga boshqa nom ostida chiqarilishi ma’lum bo‘lgandi. Terabayt.uz saytida ularning turli texnik xususiyatlari va hatto birinchi «jonli» rasmlari ham e’lon qilingan.

O‘QING: Xiaomi Mi 9T taqdimotdan bir hafta avval sotuvga chiqdi – aniq narxlari bilan tanishing!

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) o‘zining Twitter-sahifasida Xiaomi Mi 9T Pro haqidagi yangi ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu smartfon ommabop Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan.

Mana, benchmarkning ma’lumotlar bazasida Xiaomi Mi 9T Pro haqida qolgan ma’lumotlarni quyidagi skrinshotda ko‘ramiz:

Guvoh bo‘lyapmizki, Mi 9T Pro yakka yadroli testda 3453 ball olgan, ko‘p yadroli sinovda esa 10363 ochko to‘play bilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni Redmi K20 Pro natijalari bilan quyidagi maqola orqali taqqoslashingiz mumkin:

O‘QING: Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Xiaomi Mi 9T Pro modeli aslida Redmi K20 Pro flagmanining jahon bozoriga mo‘ljallangan kloni ekanligini Geekbench ham tasdiqlagan. Demak, O‘zbekistonda ham global versiyadagi – Xiaomi Mi 9T hamda Mi 9T Pro modellari sotuvga chiqadi.

Mi 9T Pro ham Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessoriga tayanadi. 12 iyunda taqdim etilishi kutilayotgan ushbu smartfon ham, xuddi Redmi K20 singari, benchmarkda Raphael kodli nomi bilan qayd etilgan.

Geekbench’da tekshirib ko‘rilgan Mi 9T Pro tezkor xotirasi 8 gigabaytlik hajmga ega. Uning «kichik» versiyasi – Xiaomi Mi 9T esa faqat 6 GBlik tezkor va 128 GBlik ichki xotiraga ega variantda chiqarilishi haqida avvalroq yozganmiz.

Bu smartfonlar taqdimotiga sanoqli kunlar qoldi, ularning O‘zbekiston bozoriga qachon kirib kelishi haqida esa hozircha ma’lumotlar yo‘q, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatib boring. Allaqachon sotuvga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini bo‘lsa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro keyingi haftadayoq chiqyapti, lekin ular Redmi K20 va K20 Pro kabi arzon emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.