Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2829
  •  20.04.2019 17:09

Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

Xiaomi kompaniyasi Redmi brendi ostidagi ilk smartfoni – Redmi Note 7 modelini taqdimotdan avval mustahkam deb rosa maqtagan edi. Endi esa Redmi Y3 smartfonini ham turli videolarda ko‘z-ko‘z qila boshladi.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

«Kichkina King-Kong» deb ham atalgan Redmi Note 7 smartfonni turli videolarda yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib, displeyi ustida turli mahsulotlarni oshpichoqda chopib, hatto suv tubida ham ishlatib ham ko‘rsatishgan. Shuningdek, Redmi Note 7’ning ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatilgan, yana mustahkamligi metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida sinalgan videolarini ham chiqarganmiz.

Redmi brendining Hindiston bo‘limi esa Redmi Y3 modelini taqdimotdan avval «superselfifon» deya maqtamoqda. Boyagina uning rasmiy YouTube-kanaliga chiqarilgan mana bu lavhaga nazar solamiz:

Ko‘rib turganingizdek, drop-testda chiqindi chelagiga irg‘itib tashlab, zinadan dumalatib ko‘rishsa ham Redmi Y3 hech nima bo‘lmagandek ishlashda davom etyapti. Mazkur video yana shunisi bilan ahamiyatliki, kompaniya ushbu modelini ilk bora «jonli» ko‘rsatmoqda.

Redmi Y3 modeli Hindistonda taqdim etilib, dastlab o‘sha mamlakatda sotuvga chiqariladi. Xiaomi uni keyinchalik boshqa mamlakatlarga Redmi S3 nomi ostida chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: 32 MPlik selfi-kamerali Redmi Y3 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.