Samsung birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfonini tayyorladi

  •   DiMaX
  •  1312
  •  20.11.2020 11:09

Samsung birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfonini tayyorladi

Janubiy koreyalik texnogigant joriy yilning boshida Galaxy Xcover Pro nomli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfonini namoyish qilgan edi. Turli manbalarning xabar berishlaricha, Samsung tez orada uning davomchisi bo‘lgan – kuchli muhofazali yangi telefonini taqdim etadi.

O‘QING: Birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfon eng kuchli protsessorga ham ega!

Model raqami SM-G501B bo‘lgan ushbu smartfon HTML5TEST bazasida paydo bo‘lgan; u yerdagi ma’lumotga ko‘ra, qurilma Android 11 operatsion tizimida ishlaydi. Manbalarning ta’kidlashlaricha, bu – ishlab chiqaruvchining korpusi kuchli himoyalangan birinchi 5G-smartfoni, ya’ni Samsung Galaxy Xcover 5 modelidir.

Taxminlarga ko‘ra, Galaxy Xcover 5 o‘rta narx toifasiga mansub bo‘ladi. Samsung uning uchun o‘zining Exynos 880 protsessorini yoki amerikalik chipsozning Snapdragon 765 yoxud Snapdragon 690 chipsetini tanlashi kutilmoqda. Unga suyuq kristalli panelga ega displey va sig‘imdor akkumulyator ham o‘rnatiladi.

Galaxy Xcover 5 modelining taqdimot sanasi, shuningdek, uning 4G-versiyasi ham bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum. Darvoqe, Samsung shu yil bahorda «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 ham taqdim etgan (+video), lekin uni hech kim sotib ololmaydi!

O‘QING: Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!