Telegram’da telefon raqamingizni almashtirish bo‘yicha videoqo‘llanma
Yurtimizda eng ommalashgan messenjer Telegram bo‘lib, unda foydalanuvchi akkaunti aynan shaxsiy telefon raqamiga bog‘langani bilan ham xavfsizlikni ta’minlaydi. Lekin telefon raqamingizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz, oldingi raqamingizga bog‘langan profilingizni yangisiga o‘tkazish zarurati tug‘iladi.
O‘QING: Telegram’da ko‘pchilikka kerakli yana bir funksiya paydo bo‘ldi!
Biz avvalroq Telegram, Viber hamda WhatsApp platformalarida profilni yangi telefon raqamiga o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma chiqarganmiz. Telegram Uzbekistan kanali esa ommabop messenjerda buni qanday amalga oshirishni ko‘rsatuvchi video e’lon qildi:
Eslatib o‘tamiz, bunda oldingi telefon raqamingiz ham, yangisi ham o‘zingizda bo‘lishi muhimdir.
Darvoqe, mushuklarning Telegram’ga qanday aloqasi borligini bilasizmi? Bu xususda «Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?» maqolamizda ma’lumot berganmiz.