Xiaomi Mi Mix 3 – nostandart ekranli, rekord tezkor xotirali va ilk 5G-smartfon! (+«jonli» va yangi suratlar)

  •   DiMaX
  •  2851
  •  18.10.2018 11:13

Xiaomi Mi Mix 3 – nostandart ekranli, rekord tezkor xotirali va ilk 5G-smartfon! (+«jonli» va yangi suratlar)

«Xitoycha Apple»ning Mi Mix 3 flagmani joriy oyning o‘rtasida taqdim etilishi kutilayotgandi, ammo bu namoyish keyinroqqa qoldirildi. Shu orada mazkur smartfon haqida yangi ma’lumotlar chiqmoqda.

O‘QING: Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Jumladan, Xiaomi Mi Mix 3 modeli amalda bozorga taqdim etilayotgan birinchi 5G-smartfon bo‘ladi. Bu haqda kompaniyaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi blogida ma’lumot e’lon qilingan:

Ushbu suratdagi «5G» yozuvi qurilmaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashini anglatsa, «10G» yozuvi uning 10 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ekanligiga ishora qilayotir. Demak, bu jihatdan ham Xiaomi Mi Mix 3 rekord o‘rnatyapti!

O‘QING: 5G-poyga: Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi Mix 3 smartfonida allaqachon 5G tarmog‘ini ishlatib ko‘rsatdi! («jonli» surat)

Xiaomi shundan keyingi ikkita tizerida mazkur ikkita jihatini rasman tasdiqlagan:

Shuningdek, tarmoqda Xiaomi Mi Mix 3 ekranining himoya shishasi «jonli» aks etgan surat ham tarqaldi:

Bundan tashqari, Xiaomi marketing bo‘limi rahbari Szan Chjiyuan (Zang Zhiyuan) ham Weibo tarmog‘idagi o‘z akkaunti orqali mazkur flagman displeyiga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qilgan:

Unga ko‘ra, Mi Mix 3 uchun Samsung ishlanmasi bo‘lgan AMOLED-ekran tanlangan. Xiaomi mazkur modelida ilk bora nostandart shakldagi – tomonlari o‘zaro 19,5:9 nisbatli displey qo‘llamoqda. Uning tasvir aniqligi esa 2340x1080 pikselni tashkil etadi. Taqqoslash uchun aytib o‘tish mumkinki, Xiaomi Mi Mix 2S ekrani tomonlari 18:9 nisbatida, 2160x1080 piksellidir.

O‘QING: Mi MIX 2S — "Malika"dagi eng arzon kuchli flagman!

Demak, Mi Mix 3 flagmani birinchi 5G-smartfon ekanligi, slayder form-faktoridagi korpusi, rekord darajadagi – 10 GBlik tezkor xotirasi va nostandart shaklli ekrani bilan tengsiz qurilma bo‘layotir. Shu paytgacha uni «jonli» suratlar va videolarda, hatto 5G tarmog‘ida ishlatib ham ko‘rsatishgan. Uning old yuzasini butkul egallagan displeyning o‘ziga barmoq izi skaneri ham joylangan.

Mi Mix 3 modeli bilan birga yana bitta – Mi Note 4 (yana bir nomi – Xiaomi LEX) fableti ham namoyish etilishi aytilayotgan edi. Ushbu ikkala devaysda ham Xiao AI «aqlli» yordamchisi uchun maxsus tugmacha o‘rnatilmoqda. Demak, bu gadjetni ham 25 oktyabrga belgilangan o‘sha anjumanda ko‘rsatishsa kerak.

Xiaomi’ning bir qator hamyonbop smartfonlarini, shuningdek, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modelini, shuningdek, eng yangi – Redmi Note 6 Pro fabletini ham Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn xarid qilishingiz mumkin. Ularning barchasi bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Atigi 145 dollarlik Xiaomi Mi 8C – hamyonbop flagmanning soddalashtirilgan versiyasi ham tayyor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!