Yigirmata saytga bepul kirish muddati naq 30 iyungacha uzaytirildi!
Koronavirus sababli karantin paytida uyali aloqa operatorlari bir qator saytlarga kirishni bepul qilishgan, keyinchalik bunday resurslar ro‘yxati yana to‘ldirilgan. Ta’limiy internet-resurlarga narxlanmaydigan kirish muddati Ucell abonentlari uchun endi 30 iyungacha uzaytirilmoqda!
O‘QING: Megabaytlaringiz endi kuyib ketmaydi – Ucell ularni qaytarib beradi!
Kompaniya xabariga ko‘ra, quyidagi internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish 2020 yilning 30 iyunigacha (shu kun ham) uzaytirilgan:
- dtm.uz
- 5fan.dtm.uz
- onlinetest.dtm.uz
- nsfla.dtm.uz
- online.inha.uz
- xanakademiyasi.uz
- online-maktab.uz
- maktab.uzedu.uz
- talim.uzedu.uz
- utube.uz
- itschool.uz
- coronavirus.uz
- maktab.piima.uz
- ziyonet.uz
- tube.edu.uz
- dist.edu.uz
- mt.edu.uz
- pf.bimm.uz
- lib.bimm.uz
- mt.bimm.uz
Demak, uydan chiqmagan holda ta’lim olish uchun ushbu resurslardan bepul foydalanishni davom ettirish mumkin!
ESLATMA: Yuqoridagi saytlarga kirganda telefoningizdagi zavoddan o‘rnatilgan brauzer orqali kirish tavsiya etiladi. Keyinchalik o‘zingiz o‘rnatgan boshqa brauzerlar, masalan Opera Mini orqali saytga kirsangiz, megabayt narxlanadi, ya’ni – bu resurslarga kirganingiz uchun pul hisoblanadi (yoki trafik limitingizdan sarflanadi). Shuningdek, saytlarga kirayotganda VPN ishlatmang – bunda ham bepul bo‘lmaydi.
O‘QING: Ucell abonentlari uchun «Al-Chiroq» aksiyasi: iPhone 11 Pro yutib oling!