Yurtimizda xaridorgir ikkita Xiaomi smartfoniga Android 10 bazasidagi barqaror MIUI 11 kela boshladi

  •   DiMaX
  •  2085
  •  06.01.2020 12:00

Yurtimizda xaridorgir ikkita Xiaomi smartfoniga Android 10 bazasidagi barqaror MIUI 11 kela boshladi

Keyingi paytlarda aksariyat Xiaomi smartfonlari MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkagacha yangilanmoqda. Biroq ularning ko‘pchiligida grafik qobiq yangilansa-da, uning o‘zagi – Android operatsion tizimi eski versiyada qolayotir. Lekin...

O‘QING: Yaqin orada Android 10’gacha yangilanayotgan oltita Xiaomi smartfoni bilan tanishing

Yaqindagina xitoycha versiyadagi Redmi K20 smartfonlari uchun Android 10 asosidagi MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan barqaror proshivka tarqatilgan edi. Endi esa global talqindagi Redmi K20 hamda Xiaomi Mi 9T modellari uchun ham eng yangi operatsion tizim bazasida tayyorlangan barqaror MIUI 11 kela boshladi.

Aytish kerakki, Mi 9T modeli aslida arzonchi brendga mansub Redmi K20 flagmanining xalqaro bozorga moslab chiqarilgan versiyasidir. Biroq O‘zbekistonda bularning har ikkalasi ham yuqori talab bilan sotilmoqda.

Ularga kelayotgan yangilanish hajmi taxminan 2,2 gigabaytga teng bo‘lib, turli hududlardagi foydalanuvchilarga bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. MIUI V11.0.1.0.QFJEUXM versiya raqamli apdeyt Android operatsion tizimining dekabrdagi xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga MIUI 11 yangi muammo olib kelmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!