Atigi 99 dollarlik smartfon Xiaomi Mi CC9 Pro’dan zo‘r makrosurat oladi! (+«jonli» video)

Oukitel C18 Pro o‘zidan ikki yarim baravar qimmat Xiaomi Mi CC9 Pro flagmanidan makrokamera (har ikkalasida 5 MPlik) sifati bo‘yicha ustun kelishi «jonli» videoda isbotlangan!

Xiaomi eng mustahkam smartfonini ikki xil hamyonbop – Lite-versiyada chiqaradi!

6.47 dyuymlik displeyga, 30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5260 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfonning old kamerasi 16 MPlik bo‘lsa, bosh kamerasi naq beshtalik – 64+8+8+5+3 megapiksellik datchiklar!

Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

285 dollardan qimmat 4G-smartfonlar ro‘yxatida 108MP kamerali ilk modeli – Mi CC9 Pro ham bor. Uning global versiyasi – Mi Note 10 modeli esa «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni», deya tan olingan.

Bo‘lajak bestseller – Redmi Note 9 Pro ham namoyish etildi, «jonli» videoda uni ochib ishlatib ko‘ramiz!

Redmi Note 9 Pro smartfoni apparat ta’minoti asosi va qiyofasiga ko‘ra Redmi Note 9 Pro Max bilan bir xil. Ularning o‘zaro farqlari ko‘p bo‘lmasa-da, baribir ahamiyatli.

Nihoyat, Redmi Note 9 Pro Max taqdim etildi – narx va jihatlari bilan tanishamiz!

Smartfonning old va orqa panellariga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Barmoq izi skanerini esa korpusning o‘ng qirrasiga o‘rnatishgan.

JerryRigEverything: «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni – ayni mana shu o‘rta narxli modeli bo‘ladi!» (+video)

Smartfonning displeyidagi barmoq izi skaneri hatto ekran shishasi tirnalganida ham a’lo darajada ishlar ekan. Bukish testiga kelganda, Zak Nelsonning o‘zi ham hayratga tushdi!..

Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’ni uloqtirib, bukib va suvga cho‘ktirib ko‘rsatishdi – ular qanchalik mustahkam? (video)

Tajribalar davomida uchta flagmanni ham 1,8 metrlik balandlikdan tashlab ko‘rishgan, 1,5 metrlik chuqurlikda yarim soat suvga bo‘ktirib qo‘yishgan va maxsus press yordamida bukib tekshirishgan.

Galaxy S20 Ultra narxiga yarasha chidamlimi o‘zi?

JerryRigEverything'ning chidamlilik sinovidan o‘tkazilgan navbatdagi smartfon Samsung Galaxy S20 Ultra bo‘ldi.

Galaxy Z Flip qanchalik baquvvat?

JerryRigEverything YouTube kanali Samsung Galaxy Z Flip'ning qanchalik chidam ekanini sinovdan o‘tkazdi.

Huawei Mate 30 Pro qanchalik chidamli?

JerryRigEverything vlogeri sinovi natijalariga ko‘ra, qurilma eng chidamli smartfonlardan hamdir.

DxOMark kamerasi eng kuchli o‘yin smartfonini e’lon qildi

AnTuTu o‘tgan yilning dekabrida bu flagmanni eng kuchli smartfon sifatida e’lon qilgan edi. IGN nashri ham 2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni reytingida uni eng zo‘r geymerofon, deya e’tirof etgan.

Ishlayotgan holdagi Galaxy S20+ «jonli» video, rasmlar va skrinshotlarda!

Galaxy S20+ o‘z «ajdod»i – Galaxy S10+ bilan taqqoslab ko‘rsatilgan, ishlayotgan holidagi videosi e’lon qilingan. Eng asosiysi – skrinshotlarda flagmanning ko‘plab texnik jihatlari oshkor etilgan.

JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

«Qurilmalarni qiynovchi» Zak Nelson (Zach Nelson) smartfonlar drop-testlari, ularning ichini ochib ko‘rishlar yo‘nalishi bo‘yicha eng mashhur videoblogerlardan biri hisoblanadi.

Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Escobar Fold 1 diagonaliga 7,8 dyuymlik AMOLED-displeyga ega. Full HD+ sifatida tasvir uzatishga qodir ekran o‘rtasidan bukiladi. Qo‘shimcha ekrani yo‘qligi boisdan smartfondan ko‘ra ko‘proq planshetga o‘xshaydi.

Flagman ikkinchi marta hafsalani pir qildi!

Pixel 4 XL yengil bosim ostida darz ketadi.

Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

Bu model Redmi Note 8’ning yangilangan varianti bo‘lib, NFC chipi qo‘shilgan, akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega. Tashqi ko‘rinishidagi farqlarini esa videoda ko‘rsatganmiz.

Redmi K20 qanchalik chidamliligini ko‘rsatdi (+video)

JerryRigEverything nomi bilan tanilgan YouTube'chi Zek Nelson smartfonni o‘zining mashhur chidamlilik sinovidan o‘tkazdi.

Redmi Note 8 Pro qanchalik mustahkamligini uchta videoda ko‘rsatib berishdi!

Xiaomi allaqachon Redmi Note 8 vaa Note 8 Pro reklama kampaniyasini boshlab yuborgan. Jumladan, internetda bulardan ikkinchisining korpusi mustahkamligini aks ettiruvchi videolar tarqatilyapti.

VIDEO: Dunyodagi ilk buklama smartfonni JerryRigEverything ayovsiz sinab ko‘rsatdi

Royole FlexPai ekrani yoqib ko‘rilganida ko‘pga chidamadi, ammo shikastlanish oddiy OLED-panellardagidan ko‘ra boshqacharoq tus oldi. Smartfonni noto‘g‘ri tomonga buklaganda ham displey lat yegani yo‘q, lekin...

Oppo «sharshara displey»li smartfonini e’lon qildi

Vivo ekran romsizligi 100 foizdan oshiq bo‘lgan smartfon tayyorlagan bo‘lsa, Oppo ham o‘z hamyurtidan qolishmaslikka harakat qilib, smartfon displeyining yangicha dizaynini namoyish etdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш