5G tarmog‘iga nazar: imkoniyatlar, muammolar va smartfonlar...

5G-modem va protsessorlar yaratilgan, ular bazasidagi smartfonlar taqdim etilmoqda. Ammo bu boradagi ma’lumotlar tarqoq, shu bois, biz umuman 5G tarmog‘i haqidagi ma’lumotlarni lo‘nda shaklda jamladik...

SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

Snapdragon 855 chipi kuni kecha rasman namoyish etilgach, uning bazasidagi ilk smartfon ham darrov e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu – allaqachon rasman taqdim etilgan Mi Mix 3 flagmani bo‘lib chiqdi!

Huawei flagmanlari uchun 5G-modulli Kirin 990 protsessori yaqinda taqdim etiladi

Yakka kristalli Kirin 990 tarkibiga yangi avlod – Balong 5000 rusumli 5G-modem ham kiritiladi. Yangi chip yaqinda chiqqan «ajdod»iga nisbatan 10 foizga samaradorroq va tejamkorroq bo‘ladi.

5G-poyga: uloqni umuman boshqa xitoylik ilib ketmoqchi!

Bu poygada raqobatchilar ko‘p: Apple, Samsung, OnePlus, Lenovo, Xiaomi, Huawei, Motorola... Ayrim kompaniyalar hattoki televizorlarni ham 5G-modem bilan ta’minlay boshlagan.

Nihoyat, Samsung dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi!

Avvalgi avlod tarmoqlaridagiga nisbatan 5 karragacha yuqori tezlikda ma’lumot almasha oluvchi Exynos 5100 modemi joriy yilning oxirigacha tijoriy bozorga chiqariladi.

Samsung 5G-modemi – Exynos 5 ham tor doirada taqdim etildi

Samsung mazkur 5G-modemlarini o‘zining 2019 yildagi Exynos chipsetlari bilan taqdim etmoqchi. U Qualcomm’ning Snapdragon chipsetlaridagi 5G-modemga «javob» tarzida bozorga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

5G tarmog‘ida ishlaydigan iPhone X ham chiqarildi!

«Olmali» korporatsiya Intel kompaniyasi bilan hamkorlikda eng yangi tarmoqlarda ishlay oladigan modem yaratish ishlarini olib bormoqda. Bu ishlarni 2018 yilda nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.

Apple yangi iPhone’larga 5G-modem uchun boshqa hamkor topdi

Intel modemlari o‘rnatilgan ilk Apple qurilmalari 2019-2020 yillari chiqishi kerak. Shungacha protsessor, GPU va boshqa iPhone qismlarini o‘z ichiga oluvchi chipga Intel modemini integratsiya qilib ulgurish lozim.

Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi (+video)

Qualcomm Snapdragon X50 5G-modemi soniyasiga 1 gigabit tezlikni ta’minlaydi va 28 GGs chastotali mmWave tizimida ulanadi. Uni 5G aloqa standartini qo‘llab-quvvatlovchi kelajak smartfonlarida qo‘llashadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш