Elektron hukumat loyihalari samarali natija bermoqda

Tizimning ishga tushishiga qisqa vaqt bo‘lganiga qaramasdan, bugungi kunda uning foydalanuvchilari soni 220 mingtaga ortib, 820 mingtaga yetdi.

Endi elektron hukumat xizmatlari telefoningizda! (+video)

Mobil ilovani yo‘lga qo‘yishdan maqsad – aholimizning elektron hukumat xizmatlarini qog‘ozli hujjatlardan foydalanmay va davlat idoralariga tashrif buyurmay tezkor va onlayn olishini ta’minlashdir.

Doimiy yoki vaqtinchalik propiska haqidagi ma’lumotni onlayn usulda oling! (videoqo‘llanma)

Yaqindagina biz nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomani onlayn usulda oson olish videoqo‘llanmasini ham ulashganmiz.

Yagona portalning 2020 yil uchun videohisoboti: qisqa fakt va raqamlar

Portal o‘tgan yili taqdim etgan muhim xizmatlar va qulayliklar qisqa fakt va raqamlarda aks ettirilgan.

ID-karta uchun Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin

Ma’lumki, joriy yildan Respublikamiz aholisi biometrik pasportlarini ID-kartaga almashtirish jarayoni boshlandi. Buning uchun Yagona portal – my.gov.uz orqali ham ariza topshirish mumkin.

Kollej va OTMni bitirganlik ma’lumotnomasini endi onlayn tarzda oling!

Mazkur xizmat bepul ko‘rsatilib, besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Undan foydalanish uchun xabarda keltirilgan havola orqali o‘tasiz.

Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanmani tomosha qiling!

«Propiska»da turuvchilar soni to‘g‘risida endi onlayn ma’lumotnoma olish mumkin!

Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risida ma’lumotnoma zarurmi va yoki o‘sha biz bilgan 17-forma ma’lumotnomasini olish kerakmi? Bu endi juda oson!

Endi shifokor qabuliga ham my.gov.uz portali orqali yozila olasiz!

Buning uchun my.gov.uz portalidagi «Sog‘liqni saqlash» turkumidagi «Shifokor qabuliga yozilish» xizmatini tanlab, kerakli shifoxonaga shifokor qabuliga onlayn tarzda yoziling.

Yagona portal orqali endi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish mumkin!

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi. Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.

Barcha xizmatlar uchun yagona elektron raqamli imzo ishlab chiqiladi

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini yil yakunigacha kamida 5 baravarga oshirish, 2025 yilgacha to‘liq elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish maqsad qilib qo‘yildi.

mib.uz saytida ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi

2019 yil 1 oktyabrdan mib.uz veb-saytida bepul asosda ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi. Mazkur tizimdan my.gov.uz portali orqali ham foydalanish ham mumkin bo‘ladi.

Prezident qarori bilan UMS egasi o‘zgardi

Prezident qarori bilan UMS ustav kapitalidagi davlat ulushi 100 foiz «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tadi.

O‘zbekistonda “Elektron hukumat”ga murojaatlar soni 3 barobarga oshdi

2015 yilda Davlat xizmatlari yagona portali (my.gov.uz) orqali murojaatlar 3,3 baravar oshib, 317 ming murojaatni tashkil qildi. Bu haqda portal matbuot xizmatiga...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш