Reklama videotizeri Galaxy Note 20’larning asosiy funksiyalarini oshkor etdi

AT&T uyali aloqa operatori tomonidan reklama kampaniyasida qo‘llash uchun tayyorlangan videorolikda planshetofonlarning nafaqat dizayni, balki asosiy texnik xususiyatlari ham aks ettirilgan.

Yaxshi yangilik: Galaxy Note 20'larga o‘rnatiladigan Exynos chipi SD865+ dan samaraliroq bo‘ladi!

Koreys texnogiganti marketing jarayonida Exynos 990+ ga kiritgan o‘zgarishlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishi kutilmoqda.

Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q.

«Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

Galaxy Note 20 Ultra bu lavhada Galaxy Note 10+ bilan taqqoslab ko‘rsatilgan. S Pen o‘rni o‘zgargan, o‘lchami avvalgidek qolgan. Endi ekrandagi kursorni stilus yordamida masofadan turib siljitish mumkin.

Galaxy Note 20 va boshqa gadjetlar taqdimot sanasini Samsung rasman e’lon qildi! (+video)

Galaxy Unpacked 2020 rasmiy taklifnomasiga ko‘ra, uning asosiy qahramonlari Galaxy Note 20 fabletlardir. Lekin Samsung bu tadbirda Galaxy Fold 2 buklamafoni va boshqa mahsulotlarini ham namoyish etadi.

Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Galaxy Note 20 modelining narxi Galaxy Note 10 bahosidan ancha yuqori bo‘ladi. Shunisi ham borki, soliqlardagi farqlar bilan bog‘liq holda, ayrim mamlakatlarda u salgina arzonroq sotiladi.

Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa ...

Samsung o‘z strategiyasini qayta ishlab chiqishga qaror qilgani ko‘rinib turibdi.

Samsung Galaxy Note 20 seriyasi va Galaxy Fold 2 smartfoni qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Cmartfonlar taqdimoti faqat onlayn rejimda o‘tkaziluvchi tarixdagi ilk «Unpacked» marosimi bo‘ladi.

Galaxy Note 20 Ultra bo‘lmaydi, deyishgandi. Lekin u ilk bor internetga chiqdi!

Gadjet hali taqdim etilmagan Snapdragon 865+ chipiga, naq 16 GBgacha tezkor va 512 GBgacha ichki xotira bilan chiqadi. 6,9 dyuymlik, FullHD+ formatli ekranida kadr yangilanishi 120 gerslik chastotada.

Samsung Galaxy Note 20'lar qanday ranglarda bo‘ladi?

Bu galgi smartfonlarida Samsung soddaroq va unchalik ham jilvador bo‘lmagan ranglardan foydalanishga qaror qilgan.

«Periskop» kamerali Galaxy Note 20+ yangi suratlar va videoda

Note 20+ korpusi Galaxy Note 10+ modelidan kattaroq, ammo Galaxy S20 Ultra superflagmanidan ixchamroq! Dizayni esa bir vaqtning o‘zida Galaxy Note 10 va Galaxy S20 turkumlari vakillariga o‘xshab ketadi.

Galaxy Note20+ ning akkumulyator sig‘imi va kamera rezolyutsiyasi qancha bo‘ladi?

Avgustdagi taqdimotdan oldin flagman haqida ma’lumotlar sizdirilishda davom etmoqda.

Samsung Galaxy Note20'larning iPhone 12'larni yer tishlatadigan jihati nima bo‘lishini bilasizmi?

Galaxy Note20'lar har jihatdan iPhone 12'ni ortda qoldiradiganga o‘xshaydi.

Galaxy Note20 Ultra'dan umidingizni uzavering!

Display Supply Chain Consultants kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Ross Yang (Ross Young) Samsung'ning Galaxy Note20 seriyasi smartfonlari haqida ma’lumot sizdirdi.

Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Kompaniya yaqindagina Galaxy Note 20 modelining suratini rasmiy onlayn do‘koni – Galaxy Store saytiga chiqarib qo‘ygandi. Endi esa uni Samsung’ning rasmiy reklama roligida aniq-ravshan ko‘rishingiz mumkin.

Samsung Galaxy Note 20'ning akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi

Yangi Note'lar pandemiyaga qaramay avgust oyida taqdim qilinishi aytilmoqda, ammo hozirgi vaziyat o‘nglanmasa, Samsung ham boshqalar kabi onlayn taqdimot o‘tkazishi mumkin.

Geekbench hali chiqmagan SD865+ protsessorli Galaxy Note 20+ 5G’ni taqdimotdan avval fosh etdi

Snapdragon 865+ protsessori jamlanmasidagi yuksak samarador yadroning chastotasi 3.09 gigagersgacha oshiriladi. Qualcomm uni hali shu yilning uchinchi choragida taqdim etishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш