Apple endi «oq xakerlar» uchun maxsus iPhone taqdim etadi

Oddiy ayfonlarda foydalanuvchi kira olmaydigan parametr va funksiyalarga ularda kirish mumkin bo‘ladi. Masalan, mutaxssislar ularda buyruq kodi yordamida tizim fayllariga root-huquq ola biladilar.

Dubayda qo‘lga olingan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar pul va 13 ta lyuks avtomobil chiqdi

Tergov ishlari jarayonida blogerning telefonlari, kompyuterlari hamda qattiq xotira disklarida salkam 2 million nafar qurbonlarning elektron pochta manzillari mavjudligi aniqlangan.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ishlovchi xakerlar AQShning o‘ttizdan oshiq kompaniyasiga hujum qilishdi

Evil Corp. xakerlar guruhiga boshchilik qiluvchi Maksim Yakubets, 2017 yil holatiga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida ishlagan.

Xakerlar butun dunyoda Honda zavodlarini to‘xtatib qo‘yishdi!

Markaziy serverlarga tushib, keyin esa butun korporativ tarmoq bo‘ylab tarqalib ketgan Snake/EKANS nomli tovlamachi dastur xodimlarning kompyuterlarini bloklab qo‘yib, ochish kaliti uchun to‘lov talab qilgan.

«O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Xakerlar saytning bosh sahifasida quyidagicha mazmunda inglizcha yozuv qoldirishgan: «Qani xavfsizlik! Iltimos, veb-sahifangizni ta’mirlang. Agar bunday qilmasangiz, u yana shunday hujumga duch keladi!»

Pandemiya sharoitida AQSh va Isroilga kiberhujumlar oshmoqda

Isroil – kiberxavfsizlik sohasida yetakchilardan: maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab askarlari harbiy xizmatini razvedka va kiber bo‘limlarda o‘tab, so‘ng shu yo‘nalishdagi noharbiy kompaniyalarda ishlaydi.

Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

Soqchilar nafaqat uni qarshiliksiz kiritib yuborishgan, balki hatto qo‘lidagi smartfonini ham olib qo‘yishmagan. Natijada xakerning onasi xakerlik jarayonlarini videoga olishga ham erishgan.

Amazon rahbariga qilingan xakerlik hujumida Saudiya valiahdining qo‘li bor!

Mazkur jinoyatga sabab qilib esa Bezosga qarashli The Washington Post nashri jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bilan bog‘liq voqealarni keng yoritib borgani ko‘rsatilmoqda.

Video: politsiya o‘zining xakerlik qilayotganini ko‘rsatib maqtandi!

Ushbu qurilmani Isroilning Cellebrite kompaniyasi tayyorlagan. Uning mutaxassislari fikricha, har qanday smartfon, shu jumladan iPhone himoyasini ham buzish mumkin.

Xakerlar ikki bosqichli autentifikatsiyani ham buzishni o‘rganishdi. Bu qanchalik xavfli?

Biror servisdagi o‘z profilini mustahkam himoyalashning yaxshi usullaridan biri – ikki bosqichli autentifikatsiya hisoblanadi. Lekin xitoylik xakerlar hatto shuni ham buzishning yo‘lini topishibdi!

iPhone himoyasini buzing va million dollar sizniki!

Apple va’da qilgan mukofotga istalgan kishi da’vogar bo‘lishi mumkin, asosiysi – uning xatoligini topib, u haqda hammadan oldin xabar berishdir.

Xitoylik xakerlar Chrome, Edge, Safari va boshqalar himoyasini buzib, 500 000 dollar olishdi

2018 yili Xitoy hukumati xakerlarga xalqaro tadbirlarda qatnashishni va himoyani buzish sirlarini boshqa mamlakatlarga oshkor etishni taqiqlagach, Tianfu Cup xakerlar tanlovi tashkil etilgan.

Dasturchi tasodifan Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimiyat saytlariga xakerlik hujumini uyushtirdi!

Aslida dasturchi ushbu muassasaning sayti qanchalik himoyalanganligini tekshirib ko‘rishga qaror qilgandi. Uning maqsadi – sayt muhofazasidagi «tirqish»larni bartaraf etish edi, xolos, ammo...

Qo‘lga olingan xaker universitetning... qorovuli bo‘lib chiqdi!

Buzib kirilgan akkauntlar soni aniqmas, ammo 2018 yil iyundan 2019 yil yanvargacha uning bank hisobiga uch marta, jami 1,7 ming rubl miqdorida pul tushgan, so‘ng xaker ularni bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

Maxsus xizmatlar buyurtmalariga ko‘ra mazkur nuqsondan ayrim kompaniyalar keyingi ikki yil mobaynida foydalanib ham kelishayotgan ekan!

AQShning ellikta shtatidagi saylovga Rossiya xakerlari aralashgan!

Rossiya kuchlari o‘shanda turli soxta profillar orqali O‘zbekistonda ham targ‘ibot ishlarini olib borishgan. Xususan, ular foydalanuvchilarning Trampga nisbatan xayrixohligini oshirishgan...

Torrent ishlatasizmi? Jiddiy hujumga tayyor turing!

ESET mutaxassislarining taxmin qilishlaricha, ushbu virusni tarqatayotgan xakerlar zararlangan kompyuterlarni botnet-tarmoqqa birlashtirib, ular orqali yirik DDoS-hujum uyushtirishni ko‘zlashgan.

Apple’ga ishga kirish ilinjida avstraliyalik o‘smir uning serverlarini ikki marta buzib ko‘rsatdi, lekin...

Advokatining ta’kidlashicha, himoyasi ostidagi bola avvalroq Yevropada bo‘lib o‘tgan voqeadan ilhomlangan – unda xuddi shunday ishi uchun bir yosh xakerni Apple’ga ishga olishgan edi.

Xitoylik xakerlar 9 yildan beri Rossiya davlat idoralarini kuzatayotgan ekan!

Rossiyada joylashgan va unga bog‘liq jami 30 tashkilotga hujum bo‘lgan. O‘g‘irlangan ma’lumotlarga qaraganda, xakerlarni aynan siyosiy razvedka hamda sanoat sohasidagi josuslik qiziqtirgan.

Xakerlar ushbu kompaniyaning noutbuk va kompyuterlarini egalariga sezdirmasdan boshqarib kelishayotgan ekan!

Ishlab chiqaruvchining o‘zi bu nuqson haqida foydalanuvchilarga xabar bermagani bois, mashhur antivirus kompaniyasi ushbu xakerlik hujumi bo‘yicha ularni ogohlantirib, yangilanishlarni o‘rnatib olishga chaqirgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш