Barcha Mi 9’lardan kuchli Redmi 855 flagmani taqdimot oldidan Xiaomi rasmiy saytida!

Xitoylik manba tarqatgan suratda Xiaomi sayti ochilgan holdagi monitor tasvirlangan. Veb-sahifada esa Snapdragon 855 protsessorli Redmi smartfoni rasmi va asosiy xususiyatlari bilan aks ettirilgan.

Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Mi 9 flagmani AnTuTu testida 380 000 ball olayotgan bo‘lsa, kuzatuvchilarning taxminicha, Redmi K20 Pro bemalol 400 000 ballik ko‘rsatkichdan oshgan.

RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

7 may kuni Lu Veybing ushbu smartfonning ekranidan olingan skrinshotni e’lon qildi. Eng qizig‘i – unga ko‘ra, Redmi K20 Pro barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga integratsiyalangan ekan!

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

Videolavhada orqa qopqog‘i bo‘lmagan Redmi K20 Pro modelining old kamerasi mexanizmi qanday ishlashi ko‘rsatib berilgan.

Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

Xiaomi prezidenti AnTuTu reytingini e’lon qilgan – unda Mi 9 hamda Mi 9 EE flagmanlari eng yuqori ikki o‘rinni band etgan. Veybing bunga javoban: «Biz tayyormiz» degan...

Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

«Qasoskorlar: Final» filmining treyleri bilan hamohanglikda ishlangan ushbu lavhada Redmi flagmanining old kamerasi aniq-ravshan ko‘rsatilgan va kuchli samaradorlikka ishora qilingan.

«Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!

Dizayniga ko‘ra u flagmanlar kushandasi – OnePlus 7 modeliga ham o‘xshab ketadi, ammo texnik jihatlariga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmasa kerak.

Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

Bularning ikkalasi ham Snapdragon 855 chipli flagman modellar bo‘lib, selfi-kamerasi korpus ichidan chiqadi. Tasvir aniqligi kamida Full HD+ formatli displeyga daktiloskop ham integratsiya qilinadi.

«Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

Suratni dastlab Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘limi rahbari Weibo ijtimoiy tarmog‘iga yuklagan. Keyin u xatosini anglab, tezda o‘z akkauntidan bu rasmni olib tashlagan.

Snapdragon 855 chipli arzon Redmi 855 (yoki Redmi Pro 2) ilk «jonli» videoda: daktiloskop va old kamerasi kutilganidan boshqacha!

Redmi rahbari bu flagmanning old kamerasi korpus ichidan chiqishi haqidagi xabarlarni inkor qilgandi. Kecha esa «Redmi 855» nomli yangi smartfonning «jonli» videosi internetga chiqarilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш