Aldanib qolmang: Redmi Note 9 Pro protsessori Qualcomm’nikidan boshqa bo‘lishi ham mumkin!

  •   DiMaX
  •  1324
  •  06.03.2020 10:43

Aldanib qolmang: Redmi Note 9 Pro protsessori Qualcomm’nikidan boshqa bo‘lishi ham mumkin!

Xiaomi korporatsiyasi ham «Yirtqich» ekanini aytib maqtayotgan Redmi Note 9 hamda Note 9 Pro smartfonlari tez orada taqdim etiladi. Ularning asosiy raqiblari esa atigi 175 dollardan boshlanuvchi narxlarda namoyish etildi.

O‘QING: Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Hozirgacha sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Note 9 Pro smartfoni Snapdragon 720G protsessori bazasida tayyorlanadi. Lekin mashhur insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) kecha – 5 mart kuni o‘z Twitter-sahifasida e’lon qilishicha, uni ikki versiyada chiqarishlari mumkin:

Insayderning ta’kidlashicha, Redmi Note 9 Pro’ning mahalliy bozor uchun chiqariladigan versiyasi Hindistonga mo‘ljallangan talqinidan farq qilib, MediaTek kompaniyasining Dimensity 5G turkumidagi chipset bazasiga qurilgan. Aftidan, bu MediaTek Dimensity 800 5G protsessori bo‘ladi.

O‘QING: «Qualcomm, nariroq suril!» – MediaTek ikkinchi 5G-protsessorini taqdim etdi

Aytib o‘tish kerakki, MediaTek protsessorlari ayrim jihatlariga ko‘ra raqobatchilarning yechimlariga nisbatan pastroq yuradi. Masalan, ular originalidan tashqari – foydalanuvchilar ishlab chiqqan norasmiy (kastom) proshivkalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Aynan shu sababli ham Helio G90T chipseti bazasiga qurilgan Redmi Note 8 Pro smartfoni kastom proshivka o‘rnatib ko‘rilganida «g‘ishtga aylanib» qolgan.

Lekin shunisi ham borki, keyingi paytlarda aksariyat nufuzli smartfonsozlar ham MediaTek mahsulotlaridan foydalanishmoqda. Masalan, kuni kecha Geekbench servisidagi testda aniqlanishicha, Samsung ham navbatdagi hamyonbop modelida Helio G70 chipsetini qo‘llayapti va ayni shu boisdan u hatto o‘zining «og‘a»si – eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmay kelayotgan Galaxy A51 smartfonidan ham kuchli bo‘lishi mumkin.

Hindistonda taqdim etilib sotuvga chiqariladigan Redmi Note 9 Pro’ning global versiya ekanini hisobga olsak, jahon bozoriga aynan mana shu – Snapdragon 720G chipsetli talqini chiqariladi. Biroq O‘zbekistonga smartfonlar asosan Xitoyning o‘zidan keltirilishi, shuningdek, ayrim yurtdoshlarimiz Aliexpress va boshqa platformalardan ham onlayn xarid qilishlarini nazardan qochirmaslik kerak. Ya’ni, agarda siz sinalgan Qualcomm kompaniyasining ishonchli protsessoriga ega Redmi Note 9 Pro olmoqchi bo‘lsangiz, xarid qilishdan avval uning aynan qaysi chipset bazasida tayyorlanganiga e’tibor berishingiz kerak bo‘ladi.

O‘QING: Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!