TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim mahalliy yangiliklari!

TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim mahalliy yangiliklari!

Olis qishloqlarga ham simli internet kirib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qilindi. Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan quyidagi tartib joriy etildi.

Kutilmaganda «Perfectum» savdoga qo‘yildi!

Mazkur uyali aloqa operatorining faoliyati to‘xtatilishi yoki davom ettirilishi haqida hozircha biror rasmiy xabar yo‘q. Kompaniya saytida ham bu borada, shuningdek, MChJning sotuvga qo‘yilgani xususida hech qanday ma’lumot berilmagan. Bu haqda batafsil shu yerda o‘qing.

Endi chiroyli raqamlarni auksionda sotib olish mumkin!

Ayni damda birja mutaxassislari tomonidan chiroyli sonlar ketma-ketligiga asoslangan uyali telefon raqamlarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha yangi vebsayt ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bilayn LTE-roumingni yana 22 mamlakatda ishga tushirdi

Endi chet eldagi sayohat chog‘ida tezkor Internetdan foydalanish uchun qo‘shimcha xizmatlarni yoqtirishning hojati yo‘q. Shunchaki qurilma (smartfon yoki planshet) va sim karta 4G tizimida ishlashi lozim. Sim-kartani "Beeline" savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida 4G sim-kartaga almashtirish mumkin.

 

UMS amaldagi abonentlar uchun Fresh-to‘plamlarini joriy qildi

Fresh-to‘plamlar daqiqa, megabayt va SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, abonentlar tarif rejalari bo‘yicha taqdim etiladigan to‘plamlar bilan bir xil.

UMS амалдаги абонентлар учун Fresh-тўпламларини жорий қилди

Endi notariusning o‘zi sizga «SMS xabar» yuboradi!

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan notariuslar faoliyatida «SMS xabar» elektron tizimi joriy etilmoqda. Qayd etilishicha, «SMS xabar»da ikkita juda muhim ma’lumot bo‘ladi...

AKT yo‘nalishidagi iste’dodlarimizga Huawei noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Huawei kompaniyasi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yillik «Seeds for the Future» loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Ushbu loyiha doirasida o‘zbekistonlik talabalar Xitoyga o‘quv amaliyotiga yo‘l oladi.

Instagram’da tarqalgan videomurojaat bo‘yicha TIV rasmiy ma’lumot berdi

Keyingi kunlarda Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning bir videomurojaati tarqalmoqda. Unda go‘yoki Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala yuzasidan Rossiya IIVning Tyumen viloyatidagi Boshqarmasi bergan xabariga asoslanib rasmiy ma’lumot bergan.

Samarqandda naq 13 ta bepul Wi-Fi hududi bor, ularni bilasizmi?

Samarqand viloyatidagi naq o‘n uchta ob’yekt yonida bepul foydalanish uchun Wi-Fi hududlari tashkil etildi. Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi quyida keltirilgan 13 ta ob’yekt atrofida bepul (1 Mbit/s gacha) va pulli (10 Mbit/s gacha) Wi-Fi zonalari tashkil etildi.

 

UMS'ga yer uchastkalari auksionsiz beriladi va bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, UMS o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida 2022 yil 1 yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Saida Mirziyoyevaning «Facebook» sahifasi «Verified» belgisini oldi

Endi internet foydalanuvchilari ushbu maxsus ko‘k belgi orqali uning sahifasini boshqa soxta sahifalardan osonlik bilan ajratib olishlari mumkin bo‘ladi.

Саида Мирзиёеванинг «Facebook» саҳифаси «Verified» белгисини олди

 

Omadingizni sinab ko‘ring!

Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti - Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib ushbu video ostiga izoh yozib, yoqdi tugmasiga bossangiz kifoya. G‘olib saytimizning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

O‘QING: «Ayyom» aksiyasi: Terashop.uz’dan Xiaomi smartfonlarini chegirma bilan oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!