«G‘alaba uchun tug‘ilgan» hamyonbop 5G-smartfon allaqachon Redmi K30 Pro’ni changida qoldirishga tayyor!
Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga moslashgan brendi ostidagi yangi – iQOO Neo 3 5G smartfoni hamda uning namoyish kuni haqida yozgandik. Internetda uning xususiyatlari haqida rasmiy va norasmiy ma’lumotlar tarqalishda davom etmoqda.
O‘QING: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)
iQOO brendi allaqachon Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Neo 3 reklamasini boshladi. Uni «Born to Win» – «G‘alaba uchun tug‘ilgan» shiori bilan ilgari surishyapti.
Avvalroq e’lon qilingan rasmiy posterga ko‘ra, iQOO Neo 3 5G geymerofonining ekranida tasvir 144 gerslik chastotada yangilana oladi.
Uning asosiy raqobatchisi – Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi taqdim etgan Redmi K30 Pro flagmanida esa bu ko‘rsatkich atigi 60 gersga teng.