Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

To‘g‘ri, Apple mahsulotiga o‘xshatib nomlangan bo‘lsa-da, Redmi devaysi sifatiga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmaydi. Ammo narxiga va brendning ishonch qozonib ulgurganiga ko‘ra, bu gadjet ham xit bo‘lishi aniq.

Loviyasimon simsiz quloqchin – Galaxy Buds Live ikkita promo-rolikda

Bir rolikdagi «Shovqinni o‘tkazmang. Ovozni qo‘yib yuboring» ma’nosidagi yozuv quloqchinning faol shovqin to‘sish funksiyasiga ishora qilayotir. Ikkinchi lavhada esa «Tovushning yangi kuchini sinab ko‘ring» yozuvi bor.

Mi Band 5 global versiyada chiqdi: qimmat va muhim bir moduli yo‘q!

Xiaomi o‘tgan oyda namoyish etgan va «ideal» deb maqtagan Mi Band 5 rusumli aqlli bilaguzugining xalqaro versiyasini ham chiqardi. Global bozorda uni Mi Smart Band 5 nomi ostida sotishadi.

Dunyodagi eng ommabop fitnes-braslet qaysi ekanini bilasizmi?

Bilakka taqiluvchi devayslar – smart-soat va aqlli bilaguzuklar ham keyingi yillarda ancha ommalashgan. Ishlab chiqaruvchilar ham bunday gadjetlarning turli modellarini taqdim etishmoqda.

Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

iPhone 12’ning yangilangan va ancha ixcham qutisida smartfonning o‘zidan tashqari Lightning kabeli hamda kerakli qog‘ozlar (hujjatlar, yo‘riqnoma, kafolat kabi) mavjud – jamlanmaning bor-yo‘q bisoti shu!

15 iyulda yirik anons: Xiaomi yangi smartfon, braslet, skuter va boshqa devayslarini namoyish etadi

Rasmiy poster mazkur tadbirda ko‘rsatiladigan ayrim mahsulotlarga ishora qilmoqda. Xiaomi bu kuni aynan nimalarni taqdim etishini ko‘rib chiqamiz...

Apple’dan o‘rnak olib, Samsung ham smartfonlar qutisidan zaryadnikni olib tashlaydi!

Samsung’ning bu boradagi argumentlari ham Apple’niki bilan bir xil: atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ortiqcha quvvatlash moslamalaridan xalos bo‘lish.

«Dendi» va SEGA endi kaftingizda: mittigina retro-konsol sotuvga chiqdi (+video)

FunKey S o‘lchami atigi 42,5 x 44,5 x 13,8 millimetr keladi, lekin u o‘ndan ortiq o‘yin tizimlarini, shu jumladan NES, SNES, GameBoy, SEGA Genesis va PlayStation kabilarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Mi Band 4C taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi Band 4C aqlli bilaguzugini Mi Band 5 bilan birga namoyish etilishi aytilgan, ammo bunday bo‘lmagan edi. Nihoyat, kompaniya uni rasman namoyish qildi, lekin narxi...

Samsung smartfonni koronavirusdan tozalovchi sanitayzer sota boshladi

Ushbu sanitayzer Qi standartida simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan ham jihozlangan. Smartfonlarni uning ichiga qo‘yib, bir vaqtning o‘zida ham sterillab, ham quvvatlab olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш