“Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi!

2019-yil 21-oktyabrdan 23-oktyabrgacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo bo‘ylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni to‘plagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda virtual «duoxona» ochildi

Bultur «Vaqf» xayriya jamoat fondiga onlayn tarzda ehson qilish imkoni yaratilgan edi. Endi esa O‘zbekiston musulmonlari idorasining Muslim.uz sayti «Duo qilaylik!» nomli loyiha boshlanganini e’lon qildi.

Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Bu – hali Xitoydagi narxi, global bozorda esa uni yanada qimmat sotishlari aniq!

Twitter uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ldi!

Endi Twitter ham AMOLED-matritsali displeyga ega qurilmalarda akkumulyator quvvatini yaxshigina tejaydi. Shuningdek, tunda va yaxshi yoritilmagan sharoitlarda undan tungi rejimda foydalanish ko‘zni charchatmaydi.

Siz qiziqqan smartfonga MIUI 11 keldi

MIUI 11'da foydalanuvchi interfeysining qator jihatlari yangilangan, lekin bu proshivka baribir Android 9 asosida ishlaydi.

iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

Yangi ayfon dizayni iPhone 8 uslubida bo‘ladi. Biroq uning «ichki dunyosi» ancha ilg‘or: apparat ta’minoti asosini bu yilgi iPhone 11 modellarida qo‘llangan Apple A13 Bionic protsessori tashkil etadi.

«Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Ilon Mask o‘zining Twitter-akkauntida tarixiy voqeani e’lon qildi – SpaceX kompaniyasi uchirgan, Yerga bepul internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlar tizimi orqali ilk bor internetdan foydalanib ko‘rdi.

Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Oppo kompaniyasi narxi 420 dollardan yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini 5G-modem bilan ta’minlashini e’lon qilgan. Lekin unga asosiy raqib bo‘lgan hamyurti eng arzon 5G-flagmanni noyabrdayoq taqdim etmoqchi!

Snapdragon 735 haqida ma’lumotlar sizdirildi

Ma’lum bo‘lishicha, SoC 7 nanometrli protsess asosiga qurilgan bo‘lib, butunlay boshqacha tuzilishga ega bo‘ladi.

Huawei eng innovatsion smartfonini ertagayoq, tag‘in yarim narxida sotuvga chiqaryapti!

Arzonlashtirilgan Mate X bilan birga, to‘laqonli – eng yangi Kirin 990 protsessorli va to‘liq xotirali versiyasi ham chiqadi. Uni ham dastlab aytganidek 2563 emas, balki arzonroq – 1979 dollardan sotishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш