Pavel Durov Telegramga qariyb 30 mlrd $ “joylamoqchi”

Qizig‘i shundaki, tavakkalchi Pavel Durov agar 2019 yilning oktyabrigacha blokcheyn-platformani ishga tushira olmasa, investorlarga pulini qaytarib bermoqchi.

Hali taqdim etilmagan Vivo V15 Pro «jonli» videoda: 48 MPlik uch modulli kamera, korpusdan chiquvchi 32 MPlik old kamera!

Mazkur kompaniya raqobatdan cho‘chimay, Vivo V15 Pro smartfonini aynan Samsung o‘z flagmanlari namoyish etayotgan 20 fevral sanasida taqdim qilmoqchi.

BUNAQASI BO‘LMAGAN: Xiaomi ekrani bir necha «tirqish»li smartfonlar tayyorlayapti! (+foto)

LetGoDigital nashri Xiaomi’ning bir nechta patent suratlarini e’lon qildi. Ularda ekranida bir nechta «tirqish»lar bo‘lgan turli smartfonlarning naq 24 ta surati aks etgan!

Galaxy S10 flagmani iPhone’larni hatto original Apple quvvatlagichidan ham tezroq simsiz quvvatlaydi!

FCC vakillarining tasdiqlashlaricha, Galaxy S10 flagmanlari Reverse Charging texnologiyasiga ega: ular Qi standartini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni 9 vattlik quvvatda simsiz zaryadlay oladi.

Chumoli boshidek kattalikdagi, motorsiz robot 134 metr/soat tezlikda yugura oladi! (+video)

Eng qizig‘i – bu robotchaning o‘z dvigateli yo‘q! Uning oyoqchalariga magnitlar o‘rnatilgan bo‘lib, tashqi magnit maydonidan kuch olib harakatlanadi.

Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Daktiloskopik datchik romsiz ekraniga joriy etilgan, uch modulli bosh kameraga va «yashirinuvchi» selfi-kameraga ega Galaxy A90 narxi 300-400 dollardan oshishi aniq.

Huawei buklanuvchi 5G-smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

Xitoylik texnogigant shu oy oxirida Barselonada bo‘lib o‘tuvchi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida buklama smartfoni rasman ko‘rsatmoqchi.

Samsung’ning 5G-modeli va Galaxy F buklama smartfoni ilk rasmiy reklama videosida!

Ushbu reklama nafaqat Galaxy F (yoki Galaxy Fold), balki biryo‘la Samsung’ning bir nechta yangi ishlanmalari – 5G-smartfon, to‘ldirilgan reallik texnologiyasi hamda yangi kamera kabilarga bag‘ishlangan.

Tugmachasiz va tirqishsiz ilk smartfon – Meizu Zero sotuvga chiqdi, narxi esa qo‘rqqulik!

Oldindan buyurtma berib ulgurgan yuz nafar baxtli xaridorgina uni 700 dollarlik chegirma bilan olishi mumkin!

Oila qurishni istagan robot – Saudiya fuqarosi Sofiya singilli bo‘ldi! (+video)

Kichkina Sofiyani bolalar uchun maxsus ishlab chiqishgan – kichkintoylar u bilan gaplashishlari, birga o‘ynashlari va hatto birgalikda o‘qib-o‘rganishlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш