Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!
Kechagina Google sakkizta smartfon uchun Android 11 operatsion tizimining ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshladi. Bu orada Xiaomi mazkur apdeyt yaqin orada o‘zining qaysi modellariga yetib kelishini ma’lum qilgan bo‘lsa, OnePlus maqtanib ham o‘tirmasdan...
O‘QING: OnePlus Xiaomi'ni ortda qoldirdi!
Sammobile nashri bo‘lsa Android 11 talqinigacha yangilanadigan Samsung smartfonlari va planshetlarining norasmiy ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, quyidagi qurilmalar o‘n birinchi avlod «yashil robotcha» bilan do‘stlashadi:
- Galaxy A01
- Galaxy A10
- Galaxy A10e
- Galaxy A10s
- Galaxy A11
- Galaxy A20
- Galaxy A20e
- Galaxy A20s
- Galaxy A21
- Galaxy A21s
- Galaxy A30
- Galaxy A30s
- Galaxy A31
- Galaxy A40
- Galaxy A41
- Galaxy A50
- Galaxy A50s
- Galaxy A51
- Galaxy A51 5G
- Galaxy A60
- Galaxy A70
- Galaxy A70s
- Galaxy A71
- Galaxy A71 5G
- Galaxy A80
- Galaxy A8s
- Galaxy A90 5G
- Galaxy M01
- Galaxy M11
- Galaxy M21
- Galaxy M30s
- Galaxy M31
- Galaxy M40
- Galaxy Xcover 4s
- Galaxy Xcover FieldPro
- Galaxy Xcover Pro
- Galaxy S10e/S10/S10+/S10 5G
- Galaxy S10 Lite
- Galaxy Note 10/Note 10+ (LTE/5G)
- Galaxy Note 10 Lite
- Galaxy S20 series (LTE/5G)
- Galaxy Fold (LTE/5G)
- Galaxy Z Flip
- Galaxy Tab S5e
- Galaxy Tab S6
- Galaxy Tab S6 Lite
- Galaxy Tab A 10.1 2019
- Galaxy Tab A 8.0 2019
- Galaxy Tab Active Pro
Ro‘yxatdagi ayrim qurilmalarning turli versiyalarini (masalan, Galaxy S20 turkumiga uchta model kiradi, ularning esa LTE va 5G-variantlari mavjud) ham qo‘shib hisoblaganda, Android 11 tizimini qabul qiluvchi gadjetlar jami oltmishtaga yaqinlashib qoladi.
Ushbu ro‘yxat norasmiy bo‘lsa-da, Samsung’ning yangilanish siyosatiga asoslanib tuzilgan. Janubiy koreyalik texnogigant odatda har bir modelini o‘zi taqdim etilganidan keyingi ikki avlod Android bilan ta’minlaydi. Shunga qaralsa, qadog‘idanoq Android 9 Pie yoki Android 10 bilan namoyish qilingan barcha smartfon va planshetlar Android 11 apdeytini ham qabul qiladi.
Endi esa Samsung‘ning bu boradagi rasmiy xabarini va apdeyt kelishining aniq vaqtlarini kutish qoldi, xolos.
O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!