Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  3708
  •  10.08.2020 14:08

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

So‘nggi kunlarda ommabop AnTuTu benchmarki jamoasi smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha to‘rtta reyting e’lon qilgan. Bular – iyul oyidagi eng kuchli flagmanlarning xitoycha va global reytinglari; hamyonbop smartfonlarning xitoycha va global reytinglari. Shuningdek...

O‘QING: AnTuTu eng kuchli mobil protsessorlar reytingini chiqardi

Yuqoridagilardan tashqari, AnTuTu jamoasi iyul oyi holatiga ko‘ra Android-smartfonlarni narxi va samardorligining o‘zaro mosligi bo‘yicha ham tekshirgan. Mazkur tadqiqot natijalarini u qurilmalarning narx toifasiga ko‘ra to‘rtta reytingda aks ettirgan.

Eng arzon – 1499 yuangacha (215 AQSh dollarigacha) narxdagi smartfonlar orasida Redmi brendining bulturgi flagmani – Redmi Note 8 Pro modeliga bas keladigani topilmagan:

Ushbu narx kategoriyasidagi kuchli smartfonlar o‘ntaligiga yana Honor 9X, Redmi 9, Honor Play 4T Pro, Redmi K30i 5G, Redmi 10X 4G, Redmi K30, Redmi Note 8 va Vivo Y5s modellari kirgan.

O‘QING: AnTuTu iyul reytingida TOP-uchtalikka kirgan Redmi flagmani maxsus versiyada chiqyapti!

Ikkinchi guruh – 1500 dan to 1999 yuangacha (215–287 dollarlik) narxdagi smartfonlar orasida ham «Xitoycha Apple»ning arzonchi brendi vakili – Redmi 10X modeli g‘olib.

Hamyonbop smartfonlar toifasida yana Redmi K30 5G, Honor 20 Pro, Redmi K30 5G, Honor X10, Huawei Nova 6 SE, Xiaomi Mi Youth Edition 5G, Vivo Y70s hamda Oppo A92s modellari ham narxiga munosib, deb topilgan.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Narxi 2000 – 2999 yuanlik (287–431 dollarlik) telefonlar orasida esa Vivo kompaniyasining o‘yinbop IQOO Z1 5G modeli shohsupaga chiqqan.

Mazkur narx toifasida yana Redmi K30 5G (8/128 GB), iQOO Neo 3, Realme X50 Pro Player Edition, Meizu 16T, Huawei Nova 6, Honor V30 5G, Redmi 10X Pro 5G, Huawei Nova 5 Pro hamda Oppo Reno Ace smartfonlari o‘z narxiga arziydigan samaradorlikka ega.

O‘QING: iQOO Z1 5G taqdim etildi: flagman protsessorli ilk smartfon – atigi 309 dollardan!

Nisbatan qimmat, ya’ni 3000–4499 yuandan (431–646 dollardan) sotilayotgan smartfonlar orasida o‘z narxiga eng munosibi Redmi K30 Pro bo‘lib chiqqan. Aytish kerakki, iyuldagi ikkita reytingda u ayni shu kompaniyaning eng zo‘r smartfoni – Xiaomi Mi 10 Pro flagmanini ortda qoldirib, kuchli uchlikka kirgan edi.

Ushbu toifada kuchli o‘ntalikka yana iQOO 3, Black Shark 3, Oppo Ace 2, Meizu 17, Honor V30 Pro 5G, Xiaomi Mi 10, OnePlus 8, Meizu 17 Pro hamda Huawei Mate 30 smartfonlari kirgan.

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Va nihoyat, 4500 yuandan (646 dollardan) qimmat bo‘lgan flagmanlar guruhida o‘z narxini oqlaydigani Xiaomi Mi 10 Pro ekan.

Eng zo‘r smartfonlardan yana Oppo Find X2, Vivo X50 Pro+, Vivo NEX 3S 5G, OnePlus 8 Pro, Oppo Find X2 Pro, Honor 30 Pro+, Vivo NEX 3 5G, Huawei Mate 30 va Snapdragon 865 chipli Samsung Galaxy S20 5G flagmanlari ham narxiga yarasha tezkorlikka ega.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, yuqoridagi beshta reytingdan naq to‘rttasida Xiaomi vakillari yetakchi – mana, nima uchun unga hamma qiziqadi! Hali bular holva, chunki...

O‘QING: AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanning nomi va taqdimot sanasini Xiaomi rasman e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.