Poco M2 Pro taqdim qilindi, lekin u original smartfon emas!

  •   DiMaX
  •  1788
  •  07.07.2020 14:54

Poco M2 Pro taqdim qilindi, lekin u original smartfon emas!

Xiaomi korporatsiyasining Poco subbrendi, o‘zi va’da qilganidek, Hindistonda bugun Poco M2 Pro modelini namoyish qildi. Biroq u ham butkul original smartfon emas ekan.

O‘QING: Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

«Xitoycha Apple»ning mart oyida namoyish qilingan va Hindiston bozoriga mo‘ljallangan Redmi Note 9 Pro modelini bilasiz. Keyinroq esa Redmi Note 9 Pro Global smartfoni taqdim etilgan va u Hindistondagi Redmi Note 9 Pro Max smartfonining global talqini bo‘lsa-da, undan ham sal farqlari bor.

Xullasi kalom, Poco M2 Pro smartfoni o‘sha – hindcha va global versiyalardagi Redmi Note 9 Pro modellarining chatishmasi bo‘lib chiqdi. Unga global versiyadagi Redmi Note 9 Pro gadjetidan kamera blogining dizayni hamda 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi meros bo‘lib o‘tgan. Hindcha smartfondan esa u 48 megapiksellik bosh kamerani olgan. Yangi gibrid smartfonda NFC moduli bor-yo‘qligini kompaniya aytmayotganiga qaraganda, ushbu chip unga o‘rnatilmagan.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Shunday qilib, Poco M2 Pro smartfoni Snapdragon 720G protsessoriga, 4 yoki 6 GBlik tezkor hamda 64 yoxud 128 GBlik doimiy xotiraga ega. Kvadrokamerasi 48 + 8 + 5 + 2 megapiksellik, old kamerasi bo‘lsa 16 megapiksellik datchiklardan iborat. Smartfon displeyi IPS matritsali, diagonaliga 6,67 dyuymlik, aniqligi Full HD+ formatida.

Poco M2 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega; xuddi shunday zaryadnik smartfon qutisining o‘zida keladi. Kezi kelganda aytib o‘tsak – Apple yangi iPhone’lar qadog‘idan oddiygina quvvatlagich va quloqchinni ham olib tashlayapti.

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Poco M2 Pro narxiga keladigan bo‘lsak, Hindistonda uni tezkor/ichki xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra quyidagicha sotishadi: 4/64 GBligi 187 dollar, 6/64 GBligi 200 dollar, 6/128 GBligi esa 227 dollar.

Taqqoslash uchun, Redmi Note 9 Pro modelining narxi ham ayni shu Hindistonning o‘zida 187 dollardan boshlanadi. Poco M2 Pro smartfoni esa yanada tezkor quvvatlanishi bilangina undan farq qiladi.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: 4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!