Qarshi oling: Telegram.org sayti ham endi o‘zbek tilida!
Yurtdoshlarimiz orasida ommalashgan Telegram messenjeriga o‘zbek tili allaqachon qo‘shilgan va uni mukammallashtirishga siz ham hissa qo‘sha olasiz. Endi uning rasmiy sayti – Telegram.org ham o‘zbek tilida taqdim etildi, deb yozadi Telegram Uzbekistan.
Telegram.org saytining tilini o‘zbekchaga o‘tkazish juda oson:
- Sahifaning yuqori o‘ng burchagida, globus belgichasi yonidagi «RU» yoki «EN»ni bosib, ro‘yxatdan «O‘zbek»ni tanlash;
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram.org/?setln=uz havolasi orqali kirish.
Hozirgi kunda o‘zbek tili rasmiy ravishda Telegram.org saytining asosiy sahifasida, shuningdek, SHK/Mac/Linux uchun Telegram hamda macOS uchun Telegram sahifalarida taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram Blog maqolalari ham o‘zbek tilida chiqa boshlagan edi.