RASMAN: Mi 9 va Mi 9 Explorer Edition flagmanlaridan keyinoq Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  1335
  •  15.02.2019 18:10

RASMAN: Mi 9 va Mi 9 Explorer Edition flagmanlaridan keyinoq Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti!

Xiaomi kompaniyasi Mi 9 flagmanining taqdimot kunini rasman aytgan, uning ishlayotgan holdagi «jonli» suratlarini hamda videosini ko‘rsatgan. Shuningdek, uning premial modelini – to‘rtta ob’yektivli kameraga ega ilk smartfonini ham tayyorlagan.

O‘QING: 740 dollarlik Mi 9 Explorer Edition to‘rt modulli bosh kameraga ega!

Xiaomi Mi 9 hamda Mi 9 Explorer Edition modellari 20 fevralda namoyish qilingach, shu oyning 24-sanasidayoq kompaniya yana bitta smartfon taqdim etadi. Ya’ni, Barselonada boshlanadigan Mobile World Congress 2019 ochilishi arafasida «xitoycha Apple» yana bitta modeldagi mobil qurilmasini ommaga ilk bor ko‘rsatmoqchi.

Kompaniya ushbu tasvirni e’lon qilar ekan, 24 fevralda namoyish qilinadigan smartfonning aynan qaysi model bo‘lishini aytmagan – buni taxmin qilib bilib olishni fanatlarga qoldirgan.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

Lekin keyingi paytlarda Xiaomi shu qadar ko‘p rusumlarda smartfonlar tayyorlaganki, ulardan aynan qay birini shu kuni ko‘rishimiz mumkinligini hatto taxmin qilish ham qiyin.

 Jumladan, o‘sha kuni qayishqoq ekranli buklama gadjet, umuman tugmachasiz, ekranining to‘rt qirrasiyam qayrilma smartfon, Redmi Note 7 Pro, Mi Max 4, Pocophone F2, Black Shark 3 namoyish etilishi mumkin. Shuningdek, bu ro‘yxatga Mi Mix 3 slayderining 5G-versiyasini hamda keyingi avlodi – Xiaomi Mi Mix 3s modelini ham qo‘shsak bo‘ladi.

Aytish kerakki, mazkur kompaniyaning so‘nggi taqdim etgan Redmi Note 7 modelini hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!