Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!
Saytimizda ko‘pincha AnTuTu, Geekbench hamda Master Lu kabi servislarning turli reytinglari e’lon qilib kelinadi. Ammo bir jihatni inobatga olish kerak: bu kabi benchmarklar qurilmalarning samaradorligini sun’iy usulda tekshiradi.
O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)
Igeekphone resursi esa eng so‘nggi va kuchli flagman smartfonlarni real hayotda, jonli tarzda tekshirib ko‘rdi. Ularning barchasi yetakchi Android-protsessor – Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 chipseti bazasiga qurilgan.
Samaradorlikni o‘lchash uchun AnTuTu benchmarki tanlangan, barcha smartfonlarda uning ilovasi ketma-ket uch marta ishga tushirilgan. Tajriba doirasida AnTuTu testlari natijalaridan tashqari, korpusning harorati hamda akkumulyator sarfi ham hisobga olingan.
O‘QING: TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)
Barcha qurilmalarning uch raund davomida olgan ballari umumlashtirilib, o‘rtachasi hisoblangan. Oxir-oqibatda, tezkorlik tekshiruvida smartfonlar quyidagicha o‘rinlarni olgan:
- IQOO Neo 3
- Redmi K30 Pro
- Nubia Red Magic 5G
- Xiaomi Mi 10 Pro
- Realme X50 Pro
- Black Shark 3 Pro
- OnePlus 8 Pro
- Oppo ACE 2
- Oppo Find X2 Pro
- Samsung Galaxy S20 Ultra
Agarda testning tafsilotlariga qiziqsangiz, mana bu havola orqali asl manbada (ingliz tilida) tanishib chiqishingiz mumkin.