Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  6731
  •  27.02.2019 16:00

Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Xiaomi kompaniyasi eng faol reklama qilgan arzon modellardan biri Redmi Note 7 bo‘ldi. Hamyonborligidan tashqari, uning korpusi chidamliligi ko‘proq e’tiborga sazovor bo‘lmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

Mustahkamligi bois «Kichkina King-Kong» deb ham atalgan ushbu smartfonni turli videolarda yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib, displeyi ustida turli mahsulotlarni oshpichoqda chopib, hatto suv tubida ham ishlatib ham ko‘rsatishgan. Shuningdek, Redmi Note 7’ning ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatilgan, yana mustahkamligi metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida sinalgan videolarini ham chiqarganmiz.

Smartfonlar drop-testlari, ularning ichini ochib ko‘rishlar yo‘nalishi bo‘yicha eng mashhur videoblogerlardan biri Zak Nelson (Zach Nelson) hisoblanadi. U o‘zining JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan. Nihoyat, vlogerning qo‘liga Redmi Note 7 smartfoni ham yetib keldi va uni tekshirib, videosini chiqardi.

O‘QING: 2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

Bir so‘z bilan aytganda, Redmi Note 7 modeli Xiaomi maqtaganichalik baquvvat emas ekan. Uning metall romi ham, displeyi ham bukiladi va oson sinadi.

Shu tariqa, «Kichkina King-Kong» zarbaga chidamlilik borasida o‘z narx toifasidagi raqiblaridan ustun kelsa-da, ko‘pchilik zamonaviy smartfonlar o‘ta oladigan bukish sinovida sharmanda bo‘lgan.

Xullasi kalom, o‘zingiz ko‘rmasangiz bo‘lmaydi buni:

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!