Telegram O‘zbekistonda guruh va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi
O‘zbekistonda endi Telegram guruh va kanallarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu xususda Spot nashriga tayanib Gazeta.uz yozmoqda.
O‘QING: Telegram’ni yangilab oling: To‘lovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb-versiyalar
Qayd etilishicha, to‘lov uchun botlar 2017 yildan beri mavjud, ammo ular bilan foydalanish noqulay bo‘lgan. Messenjerning yangilangan versiyasida to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish imkoniyati tufayli botlar bilan ishlash osonroq bo‘ladi.
Ilovada 8 ta o‘rnatilgan to‘lov tizimi mavjud, ulardan ikkitasi O‘zbekistondagi PayMe va Click tizimlari.
To‘lov platformasi ochiq va bepul — komissiya olinmaydi va to‘lov ma’lumotlari saqlanmaydi. Har bir savdogar Telegram bilan qo‘shimcha kelishuvlarsiz Payments API maydonchasidan foydalana oladi.
Sinov rejimi Demo Store kanalida o‘tkazilmoqda.
O‘QING: Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi