Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  2680
  •  12.06.2020 09:28

Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Google kuni kechagina Android 11 operatsion tizimining birinchi ommaviy beta-versiyasini sakkizta smartfon uchun tarqata boshladi. Xiaomi esa mazkur apdeyt yaqin orada o‘zining qaysi modellariga yetib kelishini ma’lum qildi.

O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi xalqaro MIUI jamoasi rasmiy sahifasidagi e’longa ko‘ra, Android 11 Beta 1 yangilanishi birinchi bo‘lib Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro flagmanlariga taqdim etiladi:

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi kuni kecha Mi 10 smartfonini hamda Redmi brendining flagmanini doimiy asosda arzonlashtirgan edi.

O‘QING: Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

Bundan tashqari, ushbu tarmoqdagi POCOGlobal sahifasi e’lon qilishicha, Android 11 ilk beta-talqini may oyida taqdim etilgan «flagmanlar kushandasi» – arzon Poco F2 Pro modeliga ham birinchilar qatorida keladi:

Aytish kerakki, Xiaomi hozirda o‘z smartfonlariga MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni ham faol tarzda tarqatib kelayotir.

O‘QING: Xiaomi yana to‘rt xil smartfon egalarini global MIUI 12’ni o‘rnatib olishga chaqiryapti!