Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

  •   DiMaX
  •  1279
  •  19.02.2021 11:22

Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Vivo kompaniyasi o‘tgan yilning 1 iyun kuni stabilizatorli kameraga ega ilk smartfonlar – Vivo X50 triosini taqdim qilgan edi. Mazkur turkumga standart modeldan tashqari Vivo X50 Pro hamda X50 Pro Plus (Vivo X50 Pro+) kamerofonlari kirgan.

O‘QING: Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

Ushbu uchtalikning eng zo‘ri – Vivo X50 Pro+ flagmanining kamera imkoniyatlari 2020 yilning oktyabr oyidayoq DxOMark mutaxassislarini hayratga solgan edi. Narxi atigi 700 dollardan boshlanuvchi bu qurilma dunyo tan olgan eng zo‘r va qimmat kamerofonlarni, shu jumladan Huawei Mate 30 Pro, Xiaomi Mi 10 Pro va hatto Samsung Galaxy S20 Ultra flagmanlarini ham ortda qoldirgan!

Ammo o‘tgan yilning oktyabrida DxOMark laboratoriyasi kameralarni tekshirish bo‘yicha yangicha test protokolini joriy etdi. mazkur protokol keng ko‘lamdagi ko‘plab tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning natijalari yakuniy bahoga ham ta’sir etadi. Xullasi kalom, ekspertlar oktyabrdagi protokolga ko‘ra Vivo X50 Pro+ kamerasini qayta testdan o‘tkazishdi va uning umumiy bahosi naq to‘rt ballga yuqoriladi!

Ya’ni, o‘tgan galgi tekshiruvda Vivo X50 Pro+ bosh kamerasi 127 ball olgan bo‘lsa, endi uning ko‘rsatkichi 131 ballga yetdi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘yinbop flagman Mi 11’ni taxtdan ag‘dardi! (2021 yil yanvar)

Ushbu to‘rtta qo‘shimcha ball Vivo X50 Pro+ modelining kamerofonlar reytingida yuqorilashiga olib keldi. Ayni damda u hatto Apple’ning eng kuchli flagmani – iPhone 12 Pro Max modelidan ham oshib o‘tib, kuchli beshlikka kirib olgan:

Ta’kidlash kerakki, Vivo X50 Pro+ kamerofoni AnTuTu benchmarkining 2020 yil avgust oyi holatiga ko‘ra eng kuchli smartfonlar reytingiga kirgan. Bundan tashqari, ayni shu model o‘sha oyda o‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon ro‘yxatidan ham o‘rin olgan bo‘lsa, xuddi shu yo‘nalishda 2021 yilning yanvar oyi reytingiga ham kirgan.

O‘QING: 2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)