AliExpress’dan tovar sotib olishni hukumat taqiqlamoqda

Taqiq 45 kundan so‘ng kuchga kiradi, ungacha Savdo vazirligi sanab o‘tilgan dasturlarni qo‘llagan holda aynan qanday tranzaksiyalarni amalga oshirish cheklanishiga aniqlik kiritishi kerak.

Twitter ham tentak emas: Tramp akkauntini «bo‘shatib», keyin Baydenga beradi!

Tramp o‘zining 88 mln obunachiga ega shaxsiy @realdonaldtrump akkauntini saqlab qolishi mumkin bo‘ladi. Biroq unga AQSh prezidenti sifatida akkauntini himoyalashda taqdim qilingan funksiyalar saqlanmaydi.

Tramp nafaqat o‘rnini, balki Twitter-akkauntini ham Baydenga topshiradi

Biz avalroq Twitter endi Trampni imtiyozlaridan mahrum qilishi haqida yozgan edik. Akkaunt rasman AQShning saylangan prezidenti inauguratsiyasi kuni — 2021 yilning 20 yanvarida yangi egasiga topshiriladi.

«Davring o‘tdi, tur, begim»: Twitter endi Trampni imtiyozlaridan mahrum qiladi

Donald Tramp o‘z ofisini bo‘shatgandan so‘ng, Twitter ma’muriyati uning akkauntini endi himoya qilmaydi. Buni kecha bo‘lib o‘tgan Kongress tinglovlarida tarmoq rahbari Jek Dorsi tasdiqladi.

Tramp tinch keta olmaydi: TikTok uning ma’muriyati farmoni ustidan sudga murojaat qildi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i Donald Tramp ma’muriyatining mamlakatda ushbu dasturdan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmoni kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQShning Apellyasiya sudiga murojaat etdi.

Tramp shtabining veb-saytiga prezidentlik saylovlaridan bir hafta oldin xakerlar hujum qildi

Asosiy sahifada xakerlardan xabar joylangan - unda «Tramp va uning qarindoshlariga to‘liq kirish huquqini beradigan» bir nechta qurilmani buzishga muvaffaq bo‘lganligi aytilgan.

Ekspert Trampning Twitter-akkaunti parolini besh urinishdayoq topib, e’lon qildi!

2016 yili ham u AQSh prezidentining Twitter-akkaunti paroli «yourefired» ekanligini aniqlagan edi. Yaqinda aniqlangan parol – «maga2020!» esa «Make America Great Again» shiorining qisqartmasidir.

Dunyoning eng boy odami va uning sobiq rafiqasi bir haftada $12 mlrd.ga boyidi

Boshqa yirik texnologik kompaniyalarning ham egalari boyidi. O‘tgan hafta ularning aksiyalari Donald Tramp koronavirusga chalingani haqidagi xabarlardan keyin tushib ketgan edi, ammo bu hafta ko‘tarildi.

TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?

AQSh va Hindiston mamlakat xavfsizligiga tahdid hamda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarining o‘g‘irlanishi sababli TikTok’ni cheklagan bo‘lsa, bu mamlakat ilk bor ma’naviy zarari sababli TikTok’ni bloklagan.

iPhone hamda Android-smartfonlardagi eng ommabop o‘nta ilova (2020 yil sentyabr)

Sensor Tower tahlil kompaniyasi har ikkala mobil platformadagi, shuningdek, App Store va Google Play’dan yuklab olinishiga ko‘ra mobil ilovalar reytinglarini e’lon qildi.

Tramp TikTok’ka qarshi: Xitoy va AQSh o‘rtasida liderlik kurashi qanday ketyapti? (Tahlil)

TikTok aktivlari qimmat sotilishi, bu tarmoq AQSh hukumatini nega tashvishlantirayotgani va kelajakda ushbu vaziyat boshqa kompaniya bilan ham sodir bo‘lish ehtimoli kabilarga chuqurroq nazar solamiz!

AQSh sudi TikTok’ka qarshi Tramp taqiqini to‘sib qo‘ydi

Aslida taqiq 20 sentyabrdan kuchga kirishi kerak edi, ammo AQSh prezidenti 19 sentyabrda jurnalistlarga TikTok'ning Amerikadagi aktivlari Oracle va Walmart tomonidan sotib olinishini ma’qullaganini aytdi.

Tramp nihoyat ma’qulladi: TikTok’ni amerikalik ikkita kompaniya sotib olyapti!

Yangi tashkil etilayotgan TikTok Global kompaniyasi AQShda 25 mingdan oshiq ish o‘rinlari yaratadi va AQSh g‘aznachiligiga 5 milliard dollardan oshiq to‘lov qiladi.

20 sentyabrdan TikTok ham, WeChat ham App Store va Google Play’dan o‘chirib tashlanyapti!

Bu xususda mamlakat Savdo vazirligi rasman xabar berdi. Bloklash sababi – mazkur dasturlarning milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishidir, deyiladi unda.

TikTok’ka navbatdagi zarba: YouTube uning raqibini ishga tushirdi

YouTube’ning Shorts muqobil xizmatining ishga tushirilishi Amerika hukumati va TikTok xo‘jayinlari o‘rtasidagi ziddiyat fonida amalga oshirilmoqda.

TikTok’ka Amerikadagi biznesini sotish uchun Tramp to‘rt kun muhlat berdi

«Men ular uchun belgilangan muddatni uzaytirmayman. 15 sentyabr va tamom <...> Keling, nima bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Xizmat yo yopiladi yoki sotiladi», – dedi u jurnalistlarga.

Microsoft: «Shu uchta davlat xakerlari AQSh saylovlariga aralashgan!»

Microsoft kompaniyasi uchta mamlakat xakerlari prezident Donald Tramp va uning demokrat raqibi Jo Baydenning saylovoldi shtabiga hujum qilganini xabar bermoqda.

Tramp baribir TikTok’ka bas kela olmadi!

2020 yilda TikTok faqat aprel oyidagina eng ko‘p yuklab olingan dastur maqomida emas edi – pandemiya avjiga chiqqan paytda u yetakchilikni Zoom'ga topshirgandi.

Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

Trampning xarajatlari oldingi rekordni yangiladi: Nyu-York eks-meri, milliarder Maykl Blumberg 2020 yilda saylovoldi kampaniyasiga 62,2 million dollar sarflagandi.

Tramp bilan mojarolar tufayli TikTok rahbari iste’foga chiqdi

Top-menejer may oyida TikTok rahbarligiga tayinlangan edi. Bungacha u Walt Disney'da Disney+ striming xizmatini muvaffaqiyatli boshqargan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш