Xiaomi ilk simsiz portativ akkumulyatorni chiqaryapti. Shu funksiyani Mi 9’ning o‘zi ham bajaradi!

Xiaomi Mi 9 flagmanlari nafaqat Samsung Galaxy S10 turkumi bilan bir kunda taqdim etiladi, balki ular bilan tom ma’noda raqobatga kirishadi!

O‘rta narxli Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A10 xususiyatlari e’lon qilindi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 flagmanlarini namoyish etganidan so‘ng yangilangan Galaxy A turkumidagi gadjetlarini taqdim etadi. Ulardan uchtasining texnik jihatlari haqidagi ma’lumot internetga chiqdi.

Samsung maksimal darajada, hatto Galaxy M10’dan ham arzon smartfon tayyorladi!

Exynos 7870 chipiga, atigi 1 gigabaytlik tezkor xotiraga, Android 8.1 Oreo tizimiga ega bo‘lgan bu smartfon yakka yadroli testda 726 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 2984 ball olgan.

Xiaomi ham umuman tugmachasiz, tag‘in ekranining to‘rt qirrasiyam qayrilma smartfon tayyorlayapti! (+suratlar)

«Sovun-smartfon»da old kamera ko‘rinmayotganiga qaraganda, yo uni «tirqish»siz ekran ostiga joylashadi, yoki korpusining o‘zi Mi Mix 3 kabi slayder tarzida bo‘ladi.

Galaxy M30 selfifonining taqdimoti yaqin: narxi va jihatlari haqida yangi ma’lumotlar

Yangi smartfon Galaxy M20 modelida ham qo‘llangan Exynos 7904 chipi bazasida ishlaydi. Uning boshlang‘ich konfiguratsiyasi 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega.

Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

AnTuTu benchmarkida Snapdragon 660 chipli Redmi Note 7 modeli 143 ming ball olgan bo‘lsa, Exynos 7904 protsessorli Galaxy M20 ko‘rsatkichi atigi 123 ming ochkodan oshgan, xolos.

Eng arzon Samsung smartfonlari – Galaxy M10 va M20 sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

Asosan yoshlarga mo‘ljallangan bu smartfonlar Infinity-V displeyli birinchi modellardir. Ularning narxlari esa 111 dollardan boshlanadi.

Nihoyat, Samsung eng arzon Galaxy M10 va M20 smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi!

Galaxy M turkumi Infinity-V displeyga ega ilk smartfonlar bo‘lib, savdosi 5 fevraldan boshlanadi. Ular narxiga nisbatan ancha yaxshi, xususan, Galaxy M20 naq 5000 mA/soatlik batareyaga ega!

Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Galaxy M10, M20 va M30 smartfonlarining narxlari 142-284 dollari orasida bo‘lishi aytilgan edi. Ammo insayderlar bergan yangi xabarlarga ko‘ra, ular bundan ham arzonroqqa narxlanar ekan!

RASMAN: Samsung hamyonbop Galaxy M smartfonlarining taqdimot kunini e’lon qildi!

Saytdagi maxsus sahifada yangi smartfonning ayrim xususiyatlari ham suratlar bilan berilgan.

Shu oydayoq sotuvga chiqayotgan Galaxy M10, M20 va M30 narxlarini Samsung rasman e’lon qildi!

Samsung kompaniyasining Galaxy M turkumiga mansub arzon smartfonlari haqidagi navbatdagi yangi ma’lumotlarni Samsung Mobile’ning Hindiston bo‘linmasi rahbari Asmi Varsi (Asmi Warsi) tarqatgan.

Samsung tasodifan o‘z rasmiy saytida Galaxy S10 suratini chiqardi!

Samsung o‘z xatosini payqab qolib, tezda maqoladagi rasmni almashtirib qo‘ygan. Ammo shungacha suratni saqlab olganlar uni internetga chiqarib yuborishgan.

Galaxy M20 ham namoyishdan oldin tasodifan Samsung saytida «ko‘rindi»!

Kompaniyaning Hindiston foydalanuvchilarini texnik qo‘llab-quvvatlash saytida Galaxy M20 smartfoni to‘g‘risidagi sahifa fosh bo‘lgan. Unda ushbu qurilma SM-M205F/DS model raqami ostida aks etgan.

Samsung Galaxy M smartfonlarining narxlari e’lon qilindi!

Gadgets.ndtv nashri yangi turkum smartfonlarining narxlari haqidagi ma’lumotni oshkor etdi. Uning ishlab chiqarishdagi manbalariga tayangan holda e’lon qilishicha, Galaxy M10 narxi 135 dollardan boshlanadi...

Galaxy M30 arzon bo‘lsa-da, uchtalik kameraga va naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Hamyonbop Galaxy M30 samaradorligini Exynos 7885 protsessori va 4 gigabaytlik tezkor xotira ta’minlaydi. Smartfon 64 va 128 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taqdim etiladi.

Hamyonbop Galaxy M30 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: Exynos 7885 chipli va Android 8.1 Oreo tizimli!

Tekshirib ko‘rilgan smartfonning tezkor xotirasi 4 gigabaytlik, lekin uning boshqa konfiguratsiyalari ham bo‘lishi kutilmoqda. Galaxy M30 doimiy xotirasi ham 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda bo‘ladi.

Galaxy M20 arzon smartfonlar orasida eng sig‘imdor akkumulyatorga ega bo‘lyapti! (+«jonli» rasm)

Hamyonbop Galaxy M20 modeli Samsung’ning «o‘yiq»li ekranga ega ilk modeli bo‘lishdan tashqari, kompaniya unga hamyonbop smartfonlari orasida eng sig‘imdor – naq 5000 mA/soatlik batareya o‘rnatmoqda.

«Jonli» rasmlar: hamyonbop Galaxy M20 ham qo‘sh kamera, USB-C porti va quloqchin tirqishiga ega ekan!

Samsung Galaxy M20 korpusining pastki qirrasida 3,5 millimetrlik audiotirqish, USB-C porti, so‘zlashuv mikrofoni hamda asosiy dinamik joylashishi «jonli» suratdan ayon bo‘lyapti.

Hamyonbop Galaxy M smartfonlarining narxlari va ayrim jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy M10 hamda Galaxy M20 modellari Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Ayni damda Hindistonning Noida shahridagi zavodda ularni ommaviy ishlab chiqarishmoqda.

Galaxy M20 smartfoni Samsung‘ning «kemtik» ekranli ilk modeli bo‘lishi mumkin!

Mazkur gadjet ekranidagi «kemtik» iPhone X yoki boshqa ko‘plab smartfonlardagi singari katta bo‘lmaydi. Bu yerda gap old kamera uchun kichkinagina «o‘yilgan» Infinity-U turidagi displey haqida ketmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш