Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

MIUI 12’dagi eng innovatsion yangiliklar – yangicha kamera ilovasi, superoboylar va animatsiyali belgilardir. Ushbu imkoniyatlarga ega bo‘luvchi Xiaomi, Redmi va POCOPHONE modellari ro‘yxatlari bilan tanishing.

Ikki yillik Samsung smartfonlariga ham Galaxy S20 imkoniyatlari qo‘shildi!

Nihoyat, janubiy koreyalik texnogigant o‘z va’dasida turdi va ularga yangi proshivka tarqata boshladi. Ushbu apdeyt hajmi taxminan 1,1 gigabaytga teng bo‘lib, «havo orqali» bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.

EHTIYOT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!

Yangilanganidan so‘ng yuzaga kelgan muammolarning yechimini topa olmasdan, foydalanuvchilar o‘z smartfonlarining proshivkalarini Android 10’ga qaytarishyapti.

Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

Endi esa Samsung‘ning bu boradagi rasmiy xabarini va apdeyt kelishining aniq vaqtlarini kutish qoldi, xolos.

Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Google kuni kechagina Android 11 Beta 1 versiyasini sakkizta smartfon uchun tarqata boshlagandi. Xiaomi esa mazkur apdeyt yaqin orada o‘zining qaysi modellariga yetib kelishini ma’lum qildi.

Diqqat: Samsung o‘z smartfonlariga sizga umuman yoqmaydigan yangilik kirityapti!

Yangilanishlar har doim foydalanuvchi foydasiga bo‘lgan, ammo bu gal vaziyat biroz boshqacha.

Samsung ikki yillik smartfonlari egalari uchun xushxabar e’lon qildi

Samsung Members forumi moderatorlaridan birining so‘zlariga qaraganda, ushbu uchta rusumdagi eski flagmanlar uchun yangi dasturiy ta’minot tayyor va mana shu oyning o‘rtasidanoq tarqatila boshlaydi!

Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)

Agarda siz o‘z navbatingizni kutishni istamasangiz, u holda xabarda keltirilgan havola orqali o‘tib, smartfoningiz rusumiga ko‘ra uning proshivkasini yuklab olishingiz va qo‘lda o‘rnatishingiz mumkin.

13 xil Xiaomi smartfonlari egalari muhim imkoniyatdan mahrum etilyapti

Bular – ikki yillik va undan ham avval taqdim etilgan modellardir.

Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

MIUI 12 global proshivkasi tarqalishining ilk bosqichi iyun oyidayoq boshlanib, unda beshta rusumdagi smartfon yangilanadi. Shulardan ikkitasiga esa allaqachon apdeyt kela boshladi!

Hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!

Garchi bu modelni MIUI grafik qobig‘ining yangi versiyalari bilan ta’minlab kelishayotgan bo‘lsa-da, rasmiy proshivkalar asosida yotuvchi operatsion tizim versiyasi haliyam eski – Android 9.0 Pie talqinida.

iOS 14 proshivkasigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi

Trend Digital Station nashri yozishicha, 15 xil modeldagi iPhone hamda yettinchi avlod iPod Touch ushbu proshivkagacha yangilanadi.

MIUI 12 global proshivkasining tarqatilish grafigini Xiaomi rasman e’lon qildi!

Onlayn taqdimot marosimida Xiaomi o‘zining global proshivkali smartfonlari MIUI 12 versiyasigacha yangilanish grafigini ham rasman e’lon qildi.

67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

MIUI 12 grafik qobig‘i tarqatiladigan 67 modeldagi smartfon va ularning modifikatsiyalaridan tashqari, MIUI 11 proshivkasi bilan qoladigan o‘nta smartfon ro‘yxati ham keltirilgan.

RASMIY RO‘YXAT: MIUI 12’gacha yangilanuvchi 32 modeldagi smartfon

Ya’ni, mazkur Xiaomi va Redmi smartfonlari egalari yaqin orada mazkur grafik qobiqni sinab ko‘ra oladilar va vaqti kelib, shu modellar barqaror MIUI 12 proshivkasigacha yangilanishi aniq bo‘ldi.

Global versiyali MIUI 12 taqdimot kunini Xiaomi rebus yordamida e’lon qildi

MIUI 12 Global chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Xiaomi kompaniyasi Twitter tarmog‘idagi MIUI rasmiy sahifasi orqali rebus e’lon qildi. Kompaniya bunda «ushbu muhim sanani eslab qolish»ni maslahat bergan.

Beshta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari egalarini global MIUI 12 testlariga rasman taklif etishyapti!

«Xitoycha Apple» endi Xiaomi hamda Redmi brendi smartfonlarining xalqaro foydalanuvchilarini ham MIUI 12 grafik qobig‘ini sinab ko‘rishga rasman taklif etmoqda.

Xiaomi kutilmaganda MIUI’dan reklamani olib tashlayapti!

Kompaniya 8 may sanasiga Hindistonda yangi flagmanlarining namoyishini rejalashtirgan. Kutilayotgan taqdimot oldidan Xiaomi jurnalistlarni to‘plab, qiziq bayonot berdi.

Redmi ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini aytdi

Atigi uch oy ichida 10 million dona sotilgan ushbu qurilmalardan biriga may oyining o‘zidayoq barqaror Android 10 proshivkasi tarqatiladi!

28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

Dasturchilar xitoycha proshivkalarni olib, mahalliy ilovalarni o‘chirishgan, Google servislarini va ko‘plab tillarni (shu jumladan rus tilini ham) qo‘shishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш