Bahraynda koronavirusni o‘ldiradigan, 12 tilda gaplashuvchi robot ishlab chiqildi

Bu robot viruslarga qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nur bilan ta’sir o‘tkazadi. Yarim soatda mikrorganizmlarni 90 foizgacha o‘ldira oladi.

Mashhur robot-ko‘ppak sotuvga chiqdi, lekin bu pulga Tesla Model S olish mumkin! (+video)

Kompaniya ushbu robot-ko‘ppagini shu kungacha faqat ijaraga berib kelayotgan edi, shundayam ayrim kompaniyalarga. Endi esa Spot ochiq savdoga qo‘yildi, lekin narxi odamni «qopadigan» darajada!

Balki ishonmassiz, lekin robot allaqachon cho‘ponlik qilyapti! («jonli» video)

«Hamma o‘qib olim bo‘lib ketaversa, qo‘ylarni kim boqadi!?.» deydiganlarga bemalol mana shu videoni ko‘rsatavering!

O‘zbekistondagi ilk «RoboTech» robototexnika tanloviga marhamat!

1-o‘rin sohibiga Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qish uchun shartnoma to‘lovi + noutbuk taqdim etiladi!

Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Buning evaziga kompaniya, garchi aksariyat xodimlar ishga chiqmayotgan bo‘lsa ham, mamlakatdagi favqulodda vaziyatga qaramay, o‘z ishini odatiy rejimda davom ettirmoqda.

Toshkentdagi maktab o‘quvchilari o‘zlari yasagan robotlarni Amiti universitetida namoyish etishdi

AKT vazirligi tashabbusi bilan Amiti universitetida robototexnika bo‘yicha taqdimot, ko‘rgazma va mahorat darslari tashkil etildi.

VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

«Skarabey» ham, «Sfera» ham Rossiya muhandislik qo‘shinlari arsenalida 2018 yildan buyon qo‘llanib kelmoqda. Videoda har ikkalasining ishlashi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, asosiy e’tibor birinchisiga qaratilgan.

Robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘ring!

Jangovar robotga to‘rt oyoqli robotni o‘ldirish buyuriladi. Lekin robot-askar uning ham o‘zi kabi robot ekanini fahmlab, bu buyruqqa bo‘ysunmasdan, aksincha, to‘rt oyoqli «qardosh»ini ko‘tarib olib, qochib ketadi!

VIDEO: Eron armiyasi o‘z jangovar robotlari bilan maqtanmoqda

Jangovar robot-mashinalar katta tezlikda, keskin burilishlar bilan harakatlanadi, Kalashnikov avtomatidan o‘t ochadi, tankning ostiga kirib portlatib yuboradi...

IHT davlatlari orasida ilk bor xalqaro robototexnika musobaqasi Toshkentda o‘tkaziladi

IRC musobaqasi hamma uchun ochiq, talabgor jamoalar birinchi navbatda xabar matnida keltirilgan havolalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

2024 yilga kelib sizning uyingizda ham robotlar paydo bo‘lishi mumkin!

Juniper Research analitik kompaniyasining yangi izlanishlariga ko‘ra 2024 yilda 74 milliondan ziyod robotlar ishlab chiqariladi. Ma’lumot uchun: joriy yilda 28 millionga yaqin robotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

«RoboCup» g‘oliblari «Asian Science Camp»ning ochilish marosimida qatnashdi

Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirokida tashkillashtiriladigan ushbu tadbirda o‘zbekistonlik yoshlar ilk bor rasmiy delegatsiya sifatida ishtirok etmoqdalar.

Robotlar futbolni insondan-da yaxshiroq o‘ynaydigan bo‘ladi(mi?)

Ta’kidlanishicha, 2050 yilga kelib robotlar dunyoning birinchi raqamli jamoasiga qarshi o‘yinga tushib, uni mag‘lubiyatga uchratishga qodir bo‘ladi.

“Yashnobod” texnoparki rezidenti “Coscom” uchun robot ishlab chiqdi

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yashnobod” texnoparki rezidenti kompaniya ofislariga qo‘yiladigan, tariflar va xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar beruvchi robot ishlab chiqdi.

Twitter’ni «portlatgan» video: «Eng odamsimon» robotni siz ham ko‘ring!

23 may kuni RedState nashri jurnalisti Brendon Mors e’lon qilgan qisqa video Twitter tarmog‘ida juda ommalashmoqda. Unda kulgili xatti-harakatlari odamga judayam o‘xshash bo‘lgan robot aks ettirilgan.

Toshkentda robototexnika bo‘yicha tadbir: g‘oliblar taqdirlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar Kengashi binosida «Robototexnika hamma uchun» mavzusida imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi.

Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

«Sun’iy idrok»li ikkita odamsimon mitti robot nutqni anglash xususiyatiga ega bo‘lib, ovozli buyruq yordamida boshqariladi. Yana bir robot esa qumli tuproqda minalar o‘rnata oladi.

«Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)

«Sofiya» kabilardan farqli ravishda, «Yelena» – hayotda mavjud odamsimon robot emas, balki «sun’iy idrok» tizimini qo‘llagan holda faqat kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan virtual personajdir.

«RoboCUP» televizion musobaqasida qatnashib, Xitoyga yo‘llanma va universitetga kirish uchun imtiyozga ega bo‘ling!

Musobaqa g‘oliblari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Asian Science Camp oromgohiga yo‘llanma yoki Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga kirish uchun 30% qo‘shimcha ballarga ega bo‘ladi.

Chumoli boshidek kattalikdagi, motorsiz robot 134 metr/soat tezlikda yugura oladi! (+video)

Eng qizig‘i – bu robotchaning o‘z dvigateli yo‘q! Uning oyoqchalariga magnitlar o‘rnatilgan bo‘lib, tashqi magnit maydonidan kuch olib harakatlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш