Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

Nokia X60 hamda Nokia X60 Pro modellari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Chetlari qayrilma displeylari esa ularga zamonaviy ko‘rkamlik baxsh etadi.

AliExpress’dan rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan oltita noutbuk va eng ommabop beshta brend

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yarim yillikda eng ko‘p sotilgan laptoplar – narxlari 33 ming rubldan 65 ming rublgacha (taxminan 455–900 AQSh dollari orasida) bo‘lgan modellar ekan.

HarmonyOS 2.0 yakuniy proshivkasi allaqachon 16 smartfon va 2 planshetga tarqatildi

Korporatsiya 23 iyun kuni bayonot berishicha, o‘zining 16 rusumdagi smartfoniga va ikki xil modeldagi planshetiga yakuniy talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini chiqarib ulgurgan.

Apple «damini olsin» – geymerlar uchun Qualcomm flagmani asosida qudratli Android-planshet chiqyapti

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station ma’lum qilishicha, mazkur planshet yana kadr yangilanishi 120 yoki 144 gerslik IPS-displeyga hamda 100 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega.

Huawei uchta smartfonini 4G-versiyada – HarmonyOS bilan va arzonroq chiqardi!

Yangi qurilmalar kompaniyaning o‘z ishlanmasi – HarmonyOS 2.0 operatsion tizimida ishlashidan tashqari, 5G qo‘llovidan voz kechilgani evaziga narxi ham arzonroqdir.

Dunyo planshet bozori: eng ommabop beshta brend va uchta aypad

Reyting yetakchisi hisobot davrida butun dunyo bo‘yicha sotgan boshqa barcha rusumlardagi planshetlardan uning bittagina modeli savdosi yuqori ekan!

HarmonyOS 2.0 hamda iOS 15 ishlash ravonligini «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Huawei hozir ushbu operatsion tizimning global reliziga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda. U shu yilning oxirigacha 300 milliondan oshiq, 2022 yilda esa jami milliarddan ziyod gadjetlarga HarmonyOS 2.0 tarqatmoqchi!

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Qualcomm kompaniyasining eng yangi – Snapdragon 780G protsessori ayni mana shu yetakchi modelda debyut qilgan.

HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, HarmonyOS tizimiga o‘tishi haqida yozgan edik. Honor kompaniyasi allaqachon mazkur proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini e’lon qildi.

AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Meizu kompaniyasining bu yilgi flagmanlari hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgan edik. Lekin AnTuTu reytingida uning boshqa bir modeli g‘olib bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш