Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

  •   DiMaX
  •  1442
  •  30.03.2020 13:43

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Shifokorlar hamisha mobil o‘yinlar, kompyuter va pristavkalardagi o‘yinlarga ruju qo‘yishdan qaytarib kelishgan, hatto buni kasallik deb e’lon qilishgan. Ammo endi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aksincha mazmundagi chorlov bilan chiqdi!

O‘QING: Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?

JSST hozirgi koronavirus pandemiyasi paytida kishilarni ko‘proq kiber-o‘yinlar o‘ynashga da’vat qila boshladi. Buning sababi ma’lum – shunda odamlar o‘yinlar vositasida muloqot qilishlari mumkin; bu esa ularning o‘z uylarida qolishlarini ta’minlab, o‘zaro jonli uchrashish ehtimolini va virus yuqishi xavfini kamaytiradi.

Activision Blizzard va boshqa o‘yin ishlab chiquvchilar allaqachon JSST boshlagan #PlayApartTogether – «Birga o‘ynang» tashabbusiga qo‘shilishgan. Tashkilotning ma’lum qilishicha, ushbu tashabbus guruhi millionlab kishilarga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshilik qilish uchun uyda o‘tirish muhimligini yetkazishdan umidvor.

Xabaringiz borki, O‘zbekistonda ham aholining zaruratsiz ko‘chaga chiqishini kamaytirish, izolyasiya davrida ularni qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator ishlar qilinmoqda. Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi ta’minlangan, uyali aloqa operatorlari ayrim resurslarga kirishni bepul qilishgan, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda namoyish etilmoqda, bolalar uchun televizion videodarslar ish boshlagan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi!