Xiaomi ilk simsiz portativ akkumulyatorni chiqaryapti. Shu funksiyani Mi 9’ning o‘zi ham bajaradi!

  •   DiMaX
  •  1594
  •  16.02.2019 15:33

Xiaomi ilk simsiz portativ akkumulyatorni chiqaryapti. Shu funksiyani Mi 9’ning o‘zi ham bajaradi!

20 fevralda «xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi 9 flagmani hamda uning premial Mi 9 Explorer Edition talqinini taqdim etishi ma’lum. Bulardan tashqari, kompaniya 24 fevraldayoq yana bitta gadjet namoyish qiladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 9’ni ilk «jonli» videoda tomosha qiling!

Bulardan ham tashqari, Xiaomi kompaniyasi o‘sha 20 fevraldagi marosimda yana bir yangi ishlanmasini ilk bor ommaga rasman ko‘rsatadi. Bu – turli gadjetlarni simsiz quvvatlovchi birinchi portativ akkumulyator (poverbank) bo‘ladi.

Manbalarga ko‘ra, simsiz quvvatlovchi akkumulyatorning tok sig‘imi 10 000 mA/soatlik, ammo uning narxi va boshqa jihatlari haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Energizer rekordchi smartfon taqdim etdi: quvvati naq oltita iPhone XS Max bilan teng!

Yaqinda xabar berganimizdek, janubiy koreyalik kompaniyaning Galaxy S10 flagmanlari Reverse Charging texnologiyasiga ega – turli qurilmalarni simsiz quvvatlay oladi. Bugun ma’lum bo‘lishicha, xuddi shunday xususiyat Xiaomi Mi 9 flagmanlarida ham bo‘ladi!

Bu ma’lumotni Xiaomi asoschilaridan biri – Ven Chuan (Wang Chuan) o‘zining Weibo-akkaunti orqali e’lon qilgan. Unda yozilishicha, Mi 9 hamda uning «Explorer Edition» versiyasi tegishli devayslarni 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor simsiz quvvatlay oladi.

Ko‘rinib turibdiki, Xiaomi Mi 9 flagmanlari nafaqat Samsung Galaxy S10 turkumi bilan bir kunda taqdim etiladi, balki ular bilan tom ma’noda raqobatga kirishadi!

O‘QING: Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!