Xiaomi rasman Mi Note 10 Lite taqdimotini e’lon qildi va ilk suratini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  2300
  •  29.04.2020 09:50

Xiaomi rasman Mi Note 10 Lite taqdimotini e’lon qildi va ilk suratini ko‘rsatdi

«Xitoycha Apple» hali yaqindagina Xiaomi Mi 10 Youth Edition kamerofonini namoyish etgan edi. Ertaga – 30 aprel kuni uning Redmi brendi atigi 140 dollarlik Redmi Note 9 (mahalliy bozorda – Redmi 10X 4G) modelini namoyish taqdim qiladi.

O‘QING: Potensial bestseller – Redmi Note 9 suratlari va xususiyatlari

Xiaomi bu bilan cheklanib qolmasdan, shu kuni bo‘lib o‘tadigan onlayn konferensiyasida yana bitta gadjetini namoyish qilmoqchi. Bu – kompaniyaning eng mustahkam smartfoni, deya e’tirof etilgan fablet – Mi Note 10 modelining Lite-versiyasidir.

Xiaomi Mi Note 10 Lite avvalroq Tailandning NBTC sertifikatlash agentligi hamda AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) tomonidan sertifikatlanganida uning ayrim texnik jihatlari oshkor bo‘lgan. Endi esa kompaniyaning o‘zi uning rasmiy suratini e’lon qildi.

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi Mi Note 10 Lite smartfonining datchikni o‘z ichiga oluvchi kamera blogi beshta kamerali Xiaomi Mi Note 10’nikidan ham katta. Undagi asosiy sensor 64 megapiksellik, unga qo‘shimcha keng burchakli, telefoto hamda sahna chuqurligi datchiklari bo‘lishi kerak.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 10 Lite Zoom: arzon 5G-smartfonda olingan suratlar hayratga soladi!

Mi Note 10 Lite bilan birga taqdim etilayotgan Redmi Note 9 to‘rttalik kameraga ega bo‘lib, quyidagi rasmiy tizerda uning asosiy datchigi aniqligiga ham ishora qilingan:

Xiaomi Mi Note 10 Lite modeliga qaytsak, shu paytgacha chiqqan xabarlarga ko‘ra, unda tomonlari o‘zaro 19,5:9 nisbatli AMOLED-ekran qo‘llanadi. Daktiloskopli displeyning o‘lchami 6,47 dyuymlik, tasvir aniqligi esa 2340 x 1080 piksellik bo‘lishi aytilmoqda. Qualcomm Snapdragon 730G protsessorli bu smartfon Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning sig‘imdor – naq 5260 mA/soatlik akkumulyatori esa 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

O‘QING: MIUI 12 «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxati + «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!