Redmi 9 taqdim etilmay turib sotila boshladi: xususiyatlari, rasmiy suratlari va narxi!

Kompaniyaning o‘zi uni allaqachon AliExpress onlayn bozoridagi o‘z rasmiy do‘konida sotuvga chiqardi. Lekin uning narxi avval kutilganidek past emas, hatto ishonib bo‘lmas darajada yuqori!

Redmi yangi smartfonini bozorga chiqarib, oldingi ikkitasini arzonlashtirdi

Redmi 10X Pro tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra ikki xil variantda sotilyapti: 8/128 gigabaytligi 323 dollardan, 8/256 gigabaytligi esa 365 dollardan.

MIUI 12 global proshivkasining tarqatilish grafigini Xiaomi rasman e’lon qildi!

Onlayn taqdimot marosimida Xiaomi o‘zining global proshivkali smartfonlari MIUI 12 versiyasigacha yangilanish grafigini ham rasman e’lon qildi.

67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

MIUI 12 grafik qobig‘i tarqatiladigan 67 modeldagi smartfon va ularning modifikatsiyalaridan tashqari, MIUI 11 proshivkasi bilan qoladigan o‘nta smartfon ro‘yxati ham keltirilgan.

Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

Hali chiqmagan Redmi 9, Redmi Note 10 5G va Redmi 10X haqida, hatto rasmlari bilan yozgandik. Endi esa bulardan ham boshqa, nomlari «Redmi X» bilan boshlanuvchi smartfonlar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi!

«Supersamarador» Redmi Note 10 5G allaqachon TENAA’da: «jonli» suratlari va xususiyatlari

Redmi Note 10 5G eng so‘nggi – Android 10 operatsion tizimi bazasida tayyorlangan MIUI 12 grafik qobig‘iga ega. Xiaomi o‘tgan yilgi grafigiga amal qilsa, bu smartfonini shu yozda namoyish qiladi.

Redmi yanada arzon 5G-smartfon tayyorladi, xususiyatlari bilan tanishamiz!

Bu smartfon hali rasman namoyish etilmagan MediaTek Dimensity 820 protsessori bazasiga quriladi, boshqa xususiyatlari Redmi’ning hozirgi aksariyat hamyonbop modellari darajasida.

Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

MIUI 12 grafik qobig‘idan olingan ilk skrinshotlarni, ungacha yangilanuvchi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari ro‘yxatlarini allaqachon e’lon qilganmiz. Endi esa Google Play katalogida maxsus ilova paydo bo‘ldi.

Yana bir smartfonga Android 10 asosidagi MIUI 11'ning beta relizi taqdim qilindi

Agar Xiaomi Mi CC9 smartfonini ishlatsangiz, kompaniya MIUI 11'ga qo‘shgan yangiliklarni MIUI 11 9.11.12 versiyadagi 2.3GB lik yangilanishni yuklash bilan sinab ko‘rishingiz mumkin.

MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 11'ni qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yhati 28 ta mobil qurilmadan iborat.

«Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 taqdim etildi: videosi, narxi va jihatlari

Redmi 8 diagonaliga 6,22 dyuymlik, HD+ formatli ekraniga Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Displeyning o‘rta qismidagi kemtikda 8 megapiksellik selfi-kamera mavjud.

Redmi Note 8 Pro qanchalik mustahkamligini uchta videoda ko‘rsatib berishdi!

Xiaomi allaqachon Redmi Note 8 vaa Note 8 Pro reklama kampaniyasini boshlab yuborgan. Jumladan, internetda bulardan ikkinchisining korpusi mustahkamligini aks ettiruvchi videolar tarqatilyapti.

Xiaomi va Meitu yoshlarbop CC smartfonlar brendini taqdim etdi

Xiaomi x Meitu AI Aesthetics Lab formulasi Xiaomi’ning qurilmaviy ta’minotini hamda Meitu’ning dasturiy ta’minotini (shu jumladan, byutifikatsiya – go‘zallashtirish) o‘z ichiga oladi.

Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Mi 9 flagmani AnTuTu testida 380 000 ball olayotgan bo‘lsa, kuzatuvchilarning taxminicha, Redmi K20 Pro bemalol 400 000 ballik ko‘rsatkichdan oshgan.

VIDEO: Suvdan himoyalanmagan OnePlus 7’ni kompaniya suv to‘la chelakka solib ko‘rsatdi!

Videoda kompaniya: «Smartfonning suvdan himoyalanishi sizning pullaringiz evaziga amalga oshiriladi» deb yozgan. Shu bois OnePlus «uncha qimmat bo‘lmagan bir nima xarid qilgani» ta’kidlangan.

Arzon, ammo g‘alati «superselfifon» – Redmi Y3 ham taqdim etildi!

Redmi Y3 “fishka”si – AI Beauty 4.0 funksiyasiga ega, 32 megapiksellik old kamerasidir. Uning piksel o‘lchami 0.8μm bo‘lib, f/2.25 diafragmali va 80 darajalik ko‘rish burchagiga ega.

«Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!

Dizayniga ko‘ra u flagmanlar kushandasi – OnePlus 7 modeliga ham o‘xshab ketadi, ammo texnik jihatlariga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmasa kerak.

Redmi Y3 benchmarkda: Xiaomi ziqnaligimi yoki Geekbench xatoligi?

Xiaomi ushbu smartfonini Snapdragon 632 chipi bilan taqdim etishi kutilayotgan edi. Lekin Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, unda nisbatan pastroq xususiyatlarga ega bo‘lgan Snapdragon 625 protsessori qo‘llangan.

Realme 3 Pro namoyish qilindi: Redmi Note 7 Pro’ning jiddiy raqibi!

Bu smartfon «sun’iy idrok»li 25 MPlik selfi-kamerasi, qo‘shaloq (16 + 5 MPlik) bosh kamerasi bilan ham maqtana oladi. Asosiy moduli esa OnePlus 6 va OnePlus 6T’larda qo‘llangan Sony IMX519 sensoridir.

Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

Kompaniya Redmi Y3 modelini taqdimotdan avval «superselfifon» deya maqtamoqda. Uning YouTube-kanaliga chiqarilgan drop-test lavhasiga nazar solamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш