AirPods Pro savdoga chiqib ulgurmasidan xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashdi!

To‘g‘ri, unga Apple’ning yangi quloqchinidagi barcha imkoniyatlar tatbiq etilmagan, ko‘rinishidan ham farqlasa bo‘ladi. Lekin bir necha kundayoq xitoyliklar uni klonlashtirib ulgurishganiga qoyil qolasiz!

«Qoch yo‘ldan, Xiaomi!» – Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon sotuvga chiqdi

Uning 6/128 GB xotirali versiyasiga atigi 280 dollar narx belgilangan. 320 dollar evaziga uning 8/128 gigabaytligini olish mumkin, 8/256 gigabaytlik varianti uchun esa 350 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

«Terminator: Qora qismat» uslubidagi smartfon 29 oktyabrdan savdoga chiqadi, oldindan buyurtma olish esa allaqachon boshlangan. Ilk kuni xaridorlar sovg‘a tariqasida Terminator: Dark Fate g‘ilofini oladilar.

Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 8T allaqachon sotuvga chiqdi – narx va jihatlari bilan tanishing!

Redmi Note 8T akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C orqali 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfonga Android 9 Pie bazasidagi MIUI 10 proshivkasi o‘rnatilgan.

Huawei smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 oktyabr)

Xitoylik texnogigantning eng so‘nggi flagmanlari ham bir yillik rasmiy kafolati bilan Terashop.uz’da! Bizda qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) mavjud.

Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Bu – hali Xitoydagi narxi, global bozorda esa uni yanada qimmat sotishlari aniq!

iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

Yangi ayfon dizayni iPhone 8 uslubida bo‘ladi. Biroq uning «ichki dunyosi» ancha ilg‘or: apparat ta’minoti asosini bu yilgi iPhone 11 modellarida qo‘llangan Apple A13 Bionic protsessori tashkil etadi.

Huawei eng innovatsion smartfonini ertagayoq, tag‘in yarim narxida sotuvga chiqaryapti!

Arzonlashtirilgan Mate X bilan birga, to‘laqonli – eng yangi Kirin 990 protsessorli va to‘liq xotirali versiyasi ham chiqadi. Uni ham dastlab aytganidek 2563 emas, balki arzonroq – 1979 dollardan sotishadi.

Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 19 oktyabr)

Yetakchi smartfonsozning atigi 705 000 so‘mlik Gusto 2 telefonidan tortib Galaxy S10, S10+ hamda Galaxy Note 10 flagmanlarigacha – barchasini Terashop.uz’dan onlayn usulda olishingiz mumkin.

Eng qimmat brendlar o‘ntaligi: Facebook nega undan chiqib ketdi?

Kupertinolik korporatsiyaning brendi 234,2 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rindagi Google brendidan bir yarim baravar, o‘ninchi pog‘onadagi kompaniyadan esa naq besh karra qimmat bo‘lib turibdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш